Uchqo'rg'on tumani hokimi

Rizzayev Jaxongir Nosirjanovich (batafsil)

 Qabul qilish kunlari: Xar haftaning Seshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha

 tel: (0-369) 46-21-286, 46-21-288

 Manzil: 160900, Namangan viloyati, Uchqo'rg'on tumani, Uchqo'rg'on shahri, Do'stlik ko'chasi 33-uy

 E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 Veb-manzil: www.uchkurgan.uz

Uchqo'rg'on tumani hokimligining reglamenti

Uchqo'rg'on tumani Namangan viloyatining sharqiy qismida joylashgan. Tuman 1935 yil 28 iyulda tashkil topgan. 1940 yilda Farg'ona viloyati, 1941 yil 6 martdan Namangan viloyati tarkibida, 1960-1967 yilgacha Andijon viloyati, 1968 yildan esa Namangan viloyati tarkibidagi tuman hisoblanadi. 1962-1973 yillarda tuman Norin tumani bilan qo'shib idora etilgan. Viloyatning Norin tumani, g'arbdan Uychi, janubiy sharqdan Andijon viloyatining Izboskan tumani, shimol va sharqdan Qirg'iziston Respublikasi Jalolobod viloyati Oqsuv, Novkent tumanlari bilan chegaradosh bo'lib, chegara masofasi 42,5 km tashkil etadi. Tuman asosan tekisliklardan iborat bo'lib dengiz sathidan, o'rtacha mutlaq balandligi 500 metrni tashkil qilib, 42 gradus shimoliy kenglik, 72 gradus sharqiy uzunlik meridian chiziqlarini kesib o'tadi. Tumanning shimoliy g'arbidan oqib o'tuvchi Norin daryosining o'rtacha chuqurligi 15 metrni, kengligi 500 metr atrofida bo'lgan daryyo vodiysini hosil qiladi. Norin daryosidan tashqari katta Farg'ona kanali, Oktyabr kanali, Katta Andijon kanali, Haqulobod kanali, Damariq, Ingichka, Chap qirg'oq, Birlashgan kanalaridan ekinlarini sug'orishda foydalaniladi. Tuman Farg'ona vodiysidagi mo''atadil kontinental havo muassasaning janubiy qismiga yoki quruq subtropik havo muassasaning janubiy qismi chegaralariga joylashgan. Tuman hududida foydali qazilmalar deyarli yo'q. Qurilish materiallaridan shag'al va qum hom-ashyosi jismlar bor. 1974 yildan Uchqo'rg'on shahar hokimligi tashkil etilgan, O'zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 sentyabrdagi "Shahar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish to'g'risida"gi 459-sonli hamda shu mazmundagi viloyat hokimining 1997 yil 14 oktyabrdagi 292-sonli, tuman hokimining 1997 yil oktyabrdagi 30 oktyabrdagi 368-sonli qarorlari bilan Uchqo'rg'on shahar hokimligi tugatilgan. Uchqo'rg'on tumani tashkil topgandan buyon boshqa nom bilan yuritilmagan. Tumanning umumiy maydoni 296 kv. kilometr. Aholining umumiy soni 141,7 mingni: shaharda-36,5 ming nafar, qishloqlarda-105,2 ming nafar aholi yashaydi. Tumanda 9 ta aholi punkti bor - 1 ta shahar 13 mahalla fuqarolar yig'inlari, 8 ta qishloqda 49 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud. Tumanda dostonchilik maktabiga asos solgan Xusan baxshi Rajabboy o'g'li, Mamayusuf qiziq yashab ijod qilgan, O'zbekiston xalq artisti Tursunoy Mamedova, xalq ta'limini rivojlantirishga o'zining katta hissasini qo'shgan Ibroxim Oxunovni, mehnat Qaxramonlari Xoshimxon Eshonov, Komiljon Mirzaraximovlar bilan birgalikda Qo'chqor Asranboev, Yusufjon Siddiqov, Dexqonboy Raximov, Foziljon Tursunov, Meliboy Nazarov qishloq xo'jaligini yuksaltirishda fidoyilik na'munalarini ko'rsatganlar, shuningdek, tibbiyot fanlari doktori, professor Foziljon Nishonov, to'qimachilik sanoati muhandisi, texnika fanlari doktori, professor Xalimaxon Alimovalarni yetishtirgan go'sha hisoblanadi. Uchqo'rg'on tumani viloyatda taraqqiy etgan tumanlardan biridir. Viloyatda qishloq xo'jalik mahsulotlaridan paxta, don, go'sht, sut, tuxum, meva, uzum, pilla hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan oldingi o'rinlarda turishi diqqatga sazovordir. Tumanda mustaqillalik yillarida ko'plab bunyodkorlik, qurilish, ta'mirlash, obodonlashtirish ko'kalamzorlashtirish, yo'l qurish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, "Qayqi" maishiy xizmat ko'rsatish, Yangiobod pedagogika kollejlari, "Kattamo'g'ol" Akademik litseyi yangidan qurib foydalanishga topshirildi. Uchqo'rg'on iqtisodiyot, Uchqo'rg'on pedagogika, Yangier qishloq xo'jaligi va Qo'g'ay agrosanoat kollejlari hamda umum ta'lim maktablari zamon talablariga javob beradigan qurilish ta'mirlash, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib zamonaviy jixozlar bilan jixozlandi. Tumanda qishloq xo'jaligi, qurilish, sanoat, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda ham bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.