TO'LOV TERMINALLARI QAYERLARDA O'RNATILGAN BO'LISHI LOZIM?

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi quyidagi chakana savdo va xizmat ko'rsatish ob'yektlarida to'lov terminali majburiy o'rnatilishi lozim*: aviatsiya va temir yo'llar pattalarini sotish kassalari; avtovokzal va avtostantsiyalar kassalari; avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalari; mehmonxonalar; kredit tashkilotlari (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar), sug'urta tashkilotlari va moliya bozorining boshqa sub'ektlari; turg'un savdo shoxobchalari, shu jumladan, dorixonalar (egallab turgan maydoni o'lchamidan qat'i nazar); umumiy ovqatlanish ob'ektlari; uy-joy-kommunal, shuningdek telefon aloqa xizmatlari, shu jumladan, uyali aloqa telefonlari xizmatlari uchun aholidan to'lovlarni qabul qilish shoxobchalari; avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari; aloqa bo'limlari; maishiy xizmat ko'rsatish hamda madaniy-ommaviy va tomosha tadbirlari o'tkaziladigan ob'yektlar; aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlar.

 

MENING FARZANDIM MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O'TAMOQDA, BIZNING OILA A'ZOLARIMIZ (XIZMATNI O'TASH DAVRIDA) JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN MOL-MULK SOLIG'INI TO'LASHDAN OZOD ETILADIMI?

Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari va ular oila a'zolariga (xizmatni o'tash davrida) mol-mulk solig'idan imtiyoz qo'llanilishi bekor qilingan. (O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 dekabrdagi O'RQ- 241-sonli Qonuni, 8-bandi)

 

JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN MOL-MULK SOLIG'I OBYEKTI NIMA?

O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish obyekti hisoblanadi. (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 273-moddasi)

 "Bandlik" - O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?

Aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini ro'yobga chiqarish hamda fuqarolarga tegishli kafolatlarni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi: mehnat bozorini tahlil etadi va istiqbolini belgilaydi hamda aholini ish bilan ta'minlash darajasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

aholini ish bilan ta'minlash masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va mahalliy mehnat organlariga uslubiy va amaliy yordam ko'rsatadi; Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasi mablag'laridan ishsiz shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, yangi ish joylari yaratish, ish bilan band bo'lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish uchun foydalanishning yo'nalishlarini belgilaydi;

aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Soliq toʻlovlarini toʻlamay kelgan tadbirkorlar uchun qonunda javobgarlik belgilanganmi?

Maʼlumki, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatiga keng yoʻl ochib berilgan. Tadbirkorlar manfaatini himoyalashga qaratilgan qonun hujjatlari yil sayin takomillashtirilib, ularga yanada koʻproq imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Biroq ayrim shaxslarning noqonuniy yoʻllar bilan daromad topishi, shuningdek, daromad soligʻini toʻlamay kelishi oqibatida davlat byudjetiga sezilarli zarar yetadi. Joriy yilda soliq bazasini kamaytirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq 40 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 433,9 mln. soʻmlik qoʻshimcha soliqlar hisoblandi va barcha holatlarda jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 mayda chiqqan "Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida"gi 154-sonli qarori talablariga zid ravishda tovarlar import qilish boʻyicha 15,4 million soʻmlik tovar moddiy boyliklari daliliy ashyo tariqasida olinib, huquqbuzarlarga nisbatan javobgarlik choralari koʻrildi. Bahrom YaKUBOV, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK departamenti viloyat boshqarmasi boshligʻi.

Agar ta'sischi o'z mablag'larini plastik kartaga o'tkazmoqchi bo'lsa, bank 5 foiz ushlab qolish huquqiga egami?

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 780-moddasida mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablag'lari bilan operatsiya qilish bo'yicha xizmatlariga bank hisobvarag'i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to'lashi belgilab qo'yilgan.

“O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to'g'risida”gi Yo'riqnoma (ro'yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel)ning 7-bandi 3-xatboshisiga muvofiq bank hisobvarag'i shartnomasida bank xizmatlari uchun to'lanishi lozim bo'lgan komissiyalar belgilab olinadi. “Banklar va bank faoliyati to'g'risida” Qonunining 28-moddasiga asosan bank operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bank operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Yuridik shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bilan pul o'tkazish yo'li orqali operatsiyalar bajarishi mumkinmi? Huquqiy asosi qanaqa?

O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 790-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq yuridik shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko'rsatib o'tilgan shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni o'tkazish tartibi “O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida”gi Nizomga (ro'yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) muvofiq tashkil etiladi.

Mulk ijarasi shartnomalari qay tartibda tasdiqlanadi?

Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • mulkka bulgan huquqni tasdiklovchi xujjat (nusxasi koldirilib, asli qaytarib beriladi);
  • ijaraga berilayotgan mulk davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan mulk bo’lsa, uning boshqa shaxsga o’tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumot;
  • ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk bo’lgan taqdirda (er-xotinning bir­galikdagi mulki), barcha egalarining (er- xotinning) roziligi;
  • ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasida tuzilgan mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi;
  • vasiylikdagi shaxsga qarashli bo’lgan mol-mulk bir yildan ortiq muddatga ija­raga berilganda, vasiylik va xomiylik organlarining roziligi.

Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi. Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo’lsa, shartnoma nomuayyan mud­datga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko’chmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish hakida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo’yilishi mumkin.

Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko’p (oxirgi) muddatlar belgilab qo’yilishi mumkin.

Bunday hollarda, basharti ijara mudda­ti shartnomada belgilangan bo’lmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnoma­dan voz kechmasa, oxirgi muddat o’tishi bilan shartnoma bekor bo’ladi. Qonunda bel­gilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.

Vаqtinchаlik ro`yxаtgа olish tаrtibini tushintirib bering?

Vаqtinchа qаyd etish, shаxsining o`zi belgilаgаn istiqomаt joyidа bo`lishi dаvridа аmаlgа oshirilаdi.
Vаqtinchа qаyd ettirish uchun O`zbekiston fuqаrolаri quyidаgi hujjаtlаrni tаqdim etаdilаr:
Turаr-joyni sotib olish hаqidа shаrtnomа yoki tegishli orgаnlаr tomonidаn berilgаn order,
3-shаkl bo`yichа аrizа,
O`zbekiston Respublikаsi fuqаrosi pаsporti,
Tug`ilgаnlik to`g`risidа guvoxnomа – 16 yoshgа to`lmаgаn, otа-onаlаridаn (vаsiylаr vа xomiylаrdаn) аlohidа yashovchi shаxslаr uchun, Dаvlаt boji to`lаngаnligi to`g`risidа kvitаnsiya.

Nogironlik pensiyasi kimlarga to’lanadi?

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 291-moddasiga asosan, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi.

end faq

Savol bering

Click on the image to change it