Chop etish

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ–2691-son qaroriga muvofiq o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo’yicha hokim o’rinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to’g’risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim va/yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislar, shu jumladan, har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim o’rinbosari kotibiyati to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Kotibiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish bo’yicha yo’nalishlarni va vazifalarni belgilaydi. Kotibiyatga yuklatilgan vazifalar bo’yicha shaxsan javob beradi.

Viloyatda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish sohasida vazifa funksiyalarning bajarilishi uchun to’liq javob beradi. Viloyat hokimiga kiritiladigan barcha xat, taklif va mulohazalarni ularni hokim o’rinbosari ko’rib chiqishiga taqdim etish uchun qarorlar, farmoyishlar va dasturlar loyihalarini tayyorlashni tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, Respublika xotin-qizlar qo’mitasi, Oliy Majlis, viloyat hokimi qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarini tegishli idoralar tomonidan o’z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Kotibiyat vakolatiga taa’luqli masalalar bo’yicha tahliliy materiallarni tayyorlab, muhim axborotlarni taqdim etadi va tartibga solib boradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi «O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PF-3434-sonli

Farmoni va mazkur Farmon ijrosini ta’minlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining 299-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha nazorat olib boradi va tahlil etadi:

  1. a) oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan sog’liqni saqlash, ichki ishlar, adliya, xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari bilan hamkorlikda faoliyati bo’yicha ko’rsatkichlar monitoringini tahlil etadi va ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilaydi;
  2. b) Respublika, viloyat xotin-qizlar qo’mitasi Boshqaruv, Rayosat yig’ilishi qarorlari bilan berilgan topshiriq va qarorlarni o’z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
  3. v) xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida imtiyozli va bank kreditlarini ajratilishi bo’yicha ko’mak beradi va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarida qabul qilingan dasturlar ijrosi bo’yicha tahlil qiladi va bu borada monitoring olib boradi.
  4. g) xotin-qizlar qo’mitalari bilan joylarda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo’yicha tadbirlar tashkil etadi va monitoringini olib boradi;
  5. d) diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo’yicha mahalla maslahatchilari bilimi va saviyasini oshirish bo’yicha bevosita muloqotlar o’tkazilishini ta’minlaydi va nazoratini olib boradi.

Viloyat xotin-qizlar qo’mitasi nashri «To’maris» gazetasini muntazam chiqishini tashkil etadi, tuman, shahar xotin-qizlar qo’mitalaridan axborot oladi, matbuotda chiqishlarini nazorat qiladi.

Kotibiyat ishlari bo’yicha ijro intizomiga to’liq javob beradi va yig’ma jildga xujjatlar to’plamini yig’ib borib, nazoratni olib boradi.

Viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi bo’lmaganda fuqarolar (xotin-qizlar) ni qabul qiladi va muammolari yechimida yordam beradi.

Viloyat hokimligi huzuridagi tegishli komissiyalar faoliyati yuzasidan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi va nazoratini olib boradi.

Hukumat qarorlari Davlat va hududiy Dasturlarining bajarilishi yuzasidan tuman, shahar va tegishli tashkilotlardan har oy (ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha) va chorak davomida ma’lumotlar olib boradi, tahlil etadi va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi va yuqori tashkilotlarga hisobot tayyorlaydi.

Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan o’tkaziladigan barcha yig’ilishlar, tadbirlarning tashkil etilishi va o’tkazilishini ta’minlaydi.

Xotin-qizlar faoliyati bilan bog’liq jamoatchilik, nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni xotin-qizlar qo’mitasi raisi bilan tashkil etadi.

Xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etadi, targ’ibot va tashviqot ishlarini olib boradi va ular ishtirokida turli sport tadbirlarini tashkil etadi.

Oliy Majlis va Hukumat qarorlari, Respublika xotin-kizlar qo’mitasidan kelgan qarorlar, rayosat va yig’ilish bayonlari yuzasidan keladigan topshiriqlar ijrosini ta’minlaydi, nazorat qiladi va yuqori tashkilotlarga ma’lumotlar, hisobotlar tayyorlaydi.

Kotibiyatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga metodik yordam beradi, ishlarni taqsimlaydi, ijro intizomini nazorat qiladi. O’zi va barcha xodimlar uchun nomeklaturasini tayyorlaydi, qayd qilish kitoblarini ochadi. Nazorat doskasi va kartochkasini yuritadi.

Kotibiyatga kelgan ariza va shikoyatlarni tahlil qiladi, ijrosini jo’natadi, muallifga va yuqori tashkilotlarga javoblar jo’natadi.

Hukumat qarorlari, Dasturlari, Respublika xotin — qizlar qo’mitasi, viloyat hokimligi qarorlari, yig’ilish bayonlari va topshiriqlari yuzasidan joylarga chiqadi, o’rganadi, tekshiradi, amaliy yordam ko’rsatadi va monitoring natijalari yuzasidan takliflar kiritadi.

Tuman, shahar hokimi o’rinbosarlari xotin-qizlar qo’mitalari raislari yig’ilishlarida qatnashadi, ish yuritish va hujjatlar sifati, mukammalligini tahlil qiladi va kadrlar bo’yicha shaxsiy jildlarni yuritadi.

Viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi bo’lmaganda rais nomidan yig’ilish, tadbir va seminarlarda ishtirok etadi.

Kotibiyat mudiri ishda bo’lmagan vaqtda uning barcha vazifasi bosh mutaxassisga yuklanadi va ular bir — birini vazifasini bajaradi.

Viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasida doimiy navbatchilikni tashkil etadi, kompleksga va kotibiyatga qarashli tashkilotlar rahbarlari, xodimlari bo’yicha shaxsiy hujjatlar ma’lumotini yuritadi.

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (30 KB)