Chop etish

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ–2691-son qaroriga muvofiq o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo’yicha hokim o’rinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to’g’risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim va/yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislar, shu jumladan, har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim o’rinbosari kotibiyati to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Viloyat hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha kotibiyatining mudiri bevosita viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosariga bo’ysinadi.

Kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi va kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish bo’yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.

Kotibiyat faoliyatini tashkiliy, axborot, ma’muriy-xo’jalik jihatidan barqarorlashtiradi, shuningdek, xizmat intizomi takomillashuvini ta’minlaydi.

Kotibiyatga taalluqli doimiy komissiyalar hamda viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislarni tashkil qiladi.

Antikonstitutsion va diniy ekstremistik harakatlarning oldini olish masalalarida viloyat hokimligi mutasaddi rahbarlari, shahar va tuman hokimliklari, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni tashkil etadi.

Viloyatning ijtimoiy-siyosiy hayotini barqarorlashtirishga qaratilgan hatti-harakatlarda yuqoridagi mutasaddilar bilan hamkorlikda choralar ko’radi.

Respublika boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O’zbekistondagi diniy tashkilotlar faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimi qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga to’la va uzluksiz rioya etilishini ta’minlaydi;

O’zbekiston Respublikasidagi siyosiy partiyalarning viloyat bo’limlari, viloyat jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni uyushtiradi va nazorat qiladi.

Namangan viloyatidagi diniy tashkilot va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Kotibiyat faoliyatiga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlar va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlarining ijrosi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil qiladi. Viloyat hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari kotibiyat faoliyatining ichki tartib-intizomini o’rnatadi.

Kotibiyat faoliyatiga oid qaror, farmoyish loyihalari va ko’rsatmalar tayyorlanishini ta’minlaydi.

Viloyat hokimi o’rinbosarining turli tadbirlardagi vakillik manfaatlarini amalga oshiradi.

Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalarga oid tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari topshirig’iga binoan, kotibiyat faoliyatiga doir axborot hujjatlari va ma’lumotlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi.

Kotibiyat faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlarning shahar va tuman hokimliklari va boshqa jamoat tashkilotlari hamda diniy tashkilotlar tomonidan ijro etilishi yuzasidan nazorat o’rnatadi.

Kotibiyatga tushgan direktiv va normativ hujjatlarni, xatlarni, shu jumladan fuqarolarning xat va arizalarini ko’rib chiqib, hisobga oladi, ularni ijrochilarga yetkazish va nazorat etishni yo’lga qo’yadi, barcha chiquv hujjatlarni ro’yxatga oladi va jo’natadi.

Hokimning jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosarini xat, ariza, shikoyat va yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarning holati va bajarilishi haqida muntazam xabardor qilib boradi uning shaxsiy qabulini tashkil etadi.

Har oyda tushgan xatlar ijrosining ahvolini tahlil qiladi. Fuqarolarning ariza, murojaat, shikoyatlarini bevosita joylarda o’rganilishini tashkil etadi. Murojaat qilgan fuqarolarni shaxsiy masalalar bo’yicha qabulini va yozma murojaatlarining aniq hisobini yuritadi. Ijrosi tugallangan hujjatlarni qabul qilish, hisobga olish va saqlashni amalga oshiradi hamda hujjatlarni rasman viloyat hokimligi arxiviga topshirilishini tashkillashtiradi.

Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (30 KB)