Chop etish

Mamatxonov Muxammadzokir Juraboyevich

Tug'ilgan yili va joyi: 01.02.1974 y., Namangan viloyati, Pop tumani

Ma'lumoti: Oliy, 2006 y. Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti (sirtqi), 2012 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabi

MEHNAT FAOLIYATI

1992-1996 yy. - Pop tumani ulgurji savdo bazasi ekspeditori, do‘koni mudiri
1996-1998 yy. - Namangan viloyati Pop tumani «Anvar» firmasi hisobchisi
1998-2000 yy. - Namangan viloyati  Pop tumani Davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limining uchastka inspektorlari bilan ishlash sektori uchastka inspektori, katta inspektori,
bosh inspektori
2000-2001 yy. - Namangan viloyati Chust tumani Davlat soliq inspeksiyasining yuridik shaxslar to‘lovlarining byudjetga tushishini nazorat va tahlil qilish bo‘limi nazorat sho‘basi davlat soliq katta inspektori
2001-2002 yy. - Namangan viloyati Chust tumani Davlat soliq inspeksiyasi navbatchilik qismi navbatchi davlat soliq bosh inspektori
2002-2004 yy. - Namangan viloyati  Pop tumani Davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat bo‘limi  davlat soliq inspektori, katta inspektori, bosh inspektori
2004-2005 yy. - Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi qisqa muddatli tekshirishlarni  o‘tkazish va bozorlar faoliyatini nazorat qilish sho‘basi davlat soliq inspektori
2005-2008 yy. - Namangan viloyati Davlat soliq boshqarmasi jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat  bo‘limi inspektori, sho‘basi boshlig‘i
2008-2009 yy. - Namangan viloyati Pop tumani Davlat soliq inspeksiyasi  boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi, birinchi o‘rinbosari
2009-2013 yy. - Norin tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
2013-2014 yy. - Namangan viloyati hokimligining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudiri vazifasini  bajaruvchi, kotibiyati mudiri
2014-2016 yy. - Uychi tumani hokimining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  
2016-2016 yy. - Uychi tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2016-2017 yy. - Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi
2017-2018 yy. - “O‘zagroservis” A.J Moliya iqtisod boshqarmasi boshlig‘i
2018-2020 yy. - Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i
2020-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i
2021 y.  -  h.v. - Uychi tumani hokimi