Chop etish

 

Murodxujayev G‘ulomjon Sobitxujayevich

Tug'ilgan yili va joyi: 14.11.1979 y., Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani.

Ma'lumoti: Oliy, 1999 y. Namangan davlat universiteti (kunduzgi), 2010 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (kunduzgi).

 

MEHNAT FAOLIYATI

 

1995-1999 yy. - Namangan davlat universiteti talabasi

1999-2005 yy. - Namangan viloyati Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i

2005-2007 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash Davlat Qo‘mitasi, Monopolist korxonalar va iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tarkibiy o‘zgartirish bo‘limi bosh mutaxassisi

2007-2007 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash Davlat Qo‘mitasi, Monopolist korxonalar va iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tarkibiy o‘zgartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

2007-2009 yy. - Namangan viloyat Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab - quvvatlash hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Iqtisodiy nochor va monopolist korxonalarning moliyaviy iqtisodiy holatini tahlil qilish va tarkibiy o‘zgartirish boshqarmasi boshlig‘i

2009-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi

2010-2011 yy. - Namangan viloyat Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Iqtisodiy nochor va monopolist korxonalarning moliyaviy iqtisodiy holatini tahlil qilish va tarkibiy o‘zgartirish bo‘limi boshlig‘i

2011-2013 yy. - Namangan shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2013-2016 yy. - Namangan viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Namangan viloyati Mehnat bosh boshqarmasi boshlig‘i

2016-2020 yy. - Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi

2020-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi bosh inspektori

2020 y. - h.v.  - Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-marifiy ishlar bo’yicha o'rinbosari

 

Quyidagilar viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Yoshlar siyosati sohasida:

yoshlar, ya’ni o’ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish va ularni keyinchalik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida o’qish bilan to’liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni xududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, o’quv jarayoni sifatini oshirish;

oliy ta’lim yo’nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko’rsatkichlarining hududlar bo’yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo’lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’quv jarayoni sifatini, o’quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko’rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o’zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ’ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko’rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg’or ko’nikmalariga o’rgatish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to’garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o’smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik kontseptsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro’yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni belgilash;

uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo’yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o’rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o’rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha ishlarni amalga oshirish;

yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko’maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarish;

yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko’rish.

Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish darajasi va sifatini oshirish, xayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan baxramand bo’lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o’rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko’rsatish, sog’liqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar saloxiyatini oshirish borasida  tizimli ishlarni amalga oshirish;

qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko’p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to’liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog’lom turmush tarzini, shu jumladan sog’lom ovqatlanishni targ’ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o’smirlar sog’lig’ini muhofaza qilish, tug’ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo’lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to’laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

aholiga tashhis qo’yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo’lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;

aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;

sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko’lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o’rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;

aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko’rsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko’lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalla fuqarolar yig’inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

aholi o’rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ’ibot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o’rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog’lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o’sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ’ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

hududda sog’lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rish;

hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ’ibot tizimini yo’lga qo’yish;

aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ’ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o’rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

demokratik o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan, yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo’naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig’inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish ishlarini tashkil etish;

O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining mintaqaviy tuzilmalariga ularning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko’rsatish sohalarida ko’maklashish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko’nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kurslari faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlash;

fuqarolar yig’inlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda fuqarolar yig’inlariga davlat organlarining ko’maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash;

mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish;

ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi viloyat Kengashi;

O’zbekiston Respublikasining “Davlat  tili to’g’risida”gi Qonunini amalga oshirish viloyat komissiyasi;

ommaviy tadbirlarni o’tkazish komissiyasi;

tanosil kasalliklariga qarshi kurashish viloyat idoralararo komissiyasi;

favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish viloyat komissiyasi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo’limi Kengashi;

viloyat xalq ta’limi boshqarmasi;

viloyat O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi;

viloyatdagi oliy o’quv yurtlari;

viloyat hokimligi sog’liqni saqlash boshqarmasi;

viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi;

madaniyat va sport ishlari boshqarmasi;

Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi;

“Ma’naviyat va ma’rifat” targ’ibot markazi viloyat bo’limi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo’limi;

viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;

viloyat hokimligi huzuridagi Fuqarolar yig’inlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kursi;

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat bo’limi;

Davlat Test markazi viloyat bo’limi;

viloyat matbuot boshqarmasi;

ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televidenie);

“O’zbekkino” milliy agentligi viloyat bo’limi;

Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi;

Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat bo’limi;

“Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi;

viloyatdagi  Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari;

viloyat teatri.