Chop etish

Makroiqtisodiy o’zgarishlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 15 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asasoy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2017 yil yanvar-iyun yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 6,9 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 9,4 foizga, qishloq xo’jaligi 4,4 foizga, qurilish ishlari 11,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 11,5 foiz va jami xizmat ko’rsatish hajmi 11,9 foizga o’sishi ta’minlandi.

Shuningdek, YaHMdagi sanoatning ulushi 18,2 foizni (2016 yil 1-yarim yilligida 16,3%), qishloq xo’jaligi 12,6 foizni (12,3%), qurilish 7,9 foizni (7,2%), savdo, yashash va ovqatlanish xizmati 12,2 foizni (11,1%), tashish va saklash, axborot va aloka12,9 foizni (13,1%) va xizmatlarning boshka soxalari 36,2 foizni (36,1%) tashkil etgan. Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa 67,5 foizga (67,4%) va xizmatlar ulushi 61,3 foizga to’g’ri kelgan.

Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.

  1. Davlat Investitsiya dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2697-sonli qaroriga asosan hisobot davrida markazlashgan mablag’lar hisobidan rekonstruktsiya hisobiga 6 ta sog’liqni saqlash muassasalari, 20 ta umumta’lim maktablari va 27 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabida qurilish-montaj ishlari uchun 31,0 mlrd.so’mdan ortiq mablag’lar o’zlashtirilib, 29,6 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, “Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi” hisobidan jami 1 ta jumladan, Yangiqo’rg’on tumanida bolalar va o’smirlar sport maktabida yopiq suzish havzasida qurilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ob’ektda 0,8 mlrd.so’m mablag’lar o’zlashtirilib, 0,7 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

 2017 yil yanvar-iyun oylarida 541,4 ming kv.m turar joylar  qurilib, 1-yarim yillik reja 103,6 foizga bajarildi. Shuningdek, 97,7 km ichimlik suvi va 4,1 km tabiiy gaz tarmoqlari tortilib, 1-yarim yillik rejaga nisbatan 100,1 foiz o’sishga erishildi.

2017 yilning 6 oyi davomida 82,4 mln.dollarlik xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilib, shundan 14,4 mln.dollari to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobiga to’g’ri keldi.

Joriy yilda viloyatimizning 11 ta tumanlaridagi 38 ta massivlarida 1184 ta namunaviy uy-joylar qurilishi belgilangan. 1-yarim yillikda bajarilgan qurilish montaj ishlari 35,1 mlrd.so’mni tashkil etdi. 2017 yil yanvar-iyun oylari yakuni bilan 42 ta namunaviy uy-joylar foydalanishga topshirildi. Mustaqillik bayrami arafasida 1184 ta na’munaviy uylarning barchasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Amalga oshirilgan ishlar hisobiga 2017 yil 6 oy yakuni bilan 1173,9 mlrd.so’mlik kapital mablag’lar o’zlashtirildi. Bajarilgan qurilish ishlari hajmi  esa 712,8 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 111,6 foizga o’sishga yoki belgilangan prognoz bajarilishiga erishildi.

  1. Transport va aloqa, yo’l infratuzilmasi.

2017 yilda yo’l dasturiga kiritilgan 26 ta umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarida 74,0 km avtomobil yo’llarini rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlariga 62,8 mlrd.so’mlik ish hajmlari bajarilishi rejalashtirilgan.

2017 yil 1-yarim yili yakuni bilan barcha ob’ektlarda 5,4 mlrd.so’mlik ish hajmlari bajarildi. Shundan, dasturdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarini rekonstruktsiya qilish bo’yicha 4 ta ob’ektlarda 4,8 mlrd.so’mlik ish hajmlari bajarilgan. Mahalliy ahamiyatdagi 9 ta 17,0 km avtomobil yo’llariga jami 3,5 mlrd.so’m mablag’ ajratilgan.

Xalqaro va davlat ahamiyatidagi 13 ta ob’ektlarda yanvar-iyun oylari yakuni bilan 0,6 mlrd so’m miqdorida ish hajmlari bajarildi.

Hisobot yakunida mazkur ob’ektlarda 5,4 mlrd.so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, belgilangan grafik 100,0 foizga bajarildi.

Shu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalardan uzunligi 122,7 km bo’lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi ob’ektida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, loyiha bo’yicha 171,4 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, 167,8 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’ektda o’zlashtirilgan mablag’lardan 3,2 mlrd.so’m byudjet, 31,2 mlrd.so’m “O’zbekiston Temir yo’llari” DAK o’z mablag’lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar 136,9 mlrd.so’m hisobiga to’g’ri keldi.

To’raqo’rg’on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishida 103,2 mlrd.so’mlik investitsiyalar o’zlashtirilib, “O’zbekenergo” DAK o’z mablag’lari hisobidan 1,9 mlrd.so’m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 101,3 mlrd.so’m (25585 ming AQSH dollari) chet el krediti o’zlashtirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 541,4 ming kv.m. turar-joy, 97,7 km ichimlik suvi va 4,1 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

Sanoat.

2017 yil 1-yarim yil yakuni bilan esa 1982,5 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati 109,4 foizni tashkil etdi va 2010 yilning mos davriga nisbatan 6,0 martaga o’sdi. 

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 745,0 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 510,1 ming so’mni tashkil etib, 2016 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 87,3 ming so’m va 51,3  ming so’mga ko’p bo’ldi.

Viloyatda mustaqillikning dastlabki yillarida 110 ta sanoat korxonalari tomonidan 46 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo’lsa, bugungi kunda 3677 dan ziyod sanoat korxonalari tomonidan 100 dan ortiq asosiy turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan.

Jumladan, ohirgi yillarda viloyatda nooziq-ovqat mahsulotlaridan charm mahsulotlari, plastmassa buyumlari, santexnika jihozlari, avtomobillar uchun extiyot qismlar, to’g’ri chokli temir trubalar, sport jixozlari, qog’oz, gugurt, tikuvchilik buyumlari uchun  tugmalar, ayollar va erkaklar sumkalari, bolalar o’yinchoqlari, galen dori vositalari, dori-darmon vositalari uchun tibbiyot qopqoqlar, shurp, po’lat qoplamali poliuritanli sendvich panellar, guruchni qayta ishlash va pinchoza mahsulotlari, yengil va yuk mashinalari uchun kaltsiumli akkumulyatorlar, fanera mahsulotlari, bir martalik probirkalar va paypoq hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan quritilgan sut, pishloq, qadoqlangan tabiiy sharbatlar, kungaboqar yog’i kabi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish  yo’lga qo’yildi.

Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari asosan yengil sanoat (35,3%) va oziq-ovqat sanoati (29,9%) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.

  1. “Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.

“2017 yilda sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturi” doirasida joriy yilda umumiy qiymati 1,1 trln.so’mlik 313 ta loyihalarni amalga oshirish va natijada 11094 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Amalga oshirilishi belgilangan loyihalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda, yengil sanoat yo’nalishida 701,7 mlrd.so’mlik 87 ta loyiha (5679 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 133,9 mlrd.so’mlik 88 ta loyiha (1624 ta), qurilish materiallari sanotida 98,6 mlrd.so’mlik 70 ta loyiha (1681 ta), mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasida 31,7 mlrd.so’mlik 7 ta loyiha (525 ta), mebel va qog’oz sanoatida 5,8 mlrd.so’mlik 12 ta (99 ta), kimyo va neftkimyo sohasida 54,9 mlrd.so’mlik 25 ta loyiha (540 ta) hamda farmatsevtika sanoatida 87,1 mlrd.so’mlik 15 ta (696 ta) loyihalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.  

Dasturga ko’ra 2017 yil 1-yarim yillik yakuni bilan loyiha qiymati 217,6 mlrd.so’m bo’lgan 70 ta loyihalar ishlab chiqarishga tadbiq etildi va 2065 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Foydalanishga topshirilgan loyihalarga 102,5 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 114,9 mlrd.so’m bank kreditlari jalb etildi.

Amalga oshirilgan loyihalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda yengil-sanoat yo’nalishida 149,6 mlrd.so’mlik 23 ta loyiha (1181 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 7,7 mlrd.so’mlik 18 ta loyiha (175 ta), qurilish materiallari sanoatida 8,3 mlrd.so’mlik 17 ta (232 ta), farmatsevtika sanoatida 16,7 mlrd.so’mlik 1 ta (112 ta), kimyo va neftkimyo sanoatida 29,7 mlrd.so’mlik 6 ta (255 ta) hamda charm-poyabzal yo’nalishida 1 tadan loyihalar foydalanishga topshirildi.

Misol uchun, Namangan shaxrida "Ibrat Mega Stroy Servis" MCHJda Karkazsiz arkali maxsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish (25 ta yangi ish o’rinlari), Namangan tumanida "Imron Textile Group" XKda Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va trikotaj matolar to’quvini yo’lga qo’yish (25 ta), "Merrymed farm" MCHJda Kukun ko’rinishidagi antibiotiklar ishlab chiqarish tashkil etish (112 ta), Pop tumanida "O’zbekiston temir yo’llari" AJ (Pop tumanida Logistika markazi qoshida) ko’mir briketlar ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

  1. Mahalliylashtirish dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qaroriga asosan 2017 yil 1-yarim yillik yakuni bilan 9 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 23 ta loyihasi bo’yicha 12,4 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib belgilangan prognozga nisbatan 1,6 martaga ortig’i bilan bajarilgan.

Yanvar-iyun oylarida esa jami 9 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 23 ta loyihasi bo’yicha 10,5 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan. Ushbu loyihlarni bajarilishi yuzasidan barcha tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tegishli mutasaddi raxbarlar tomonidan tasdiqlangan hamda nazoratga olingan.

SHuningdek, joriy yilning 1-yarim yil yakuni bilan 9 ta korxonalarning 23 ta loyihasi bo’yicha 10,6 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo’lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 7 ta korxonalarning 21 ta loyihasi bo’yicha 12,4 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 9,4 mlrd.so’mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi. Jami iqtisod qilingan valyuta miqdori 1373,0 ming dollarni tashkil etib, belgilangan prognoz topshiriqlari 118,1 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 2268,6 mlrd.so’mni tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 111,9 foiz o’sdi.

Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 174,6 mlrd.so’m (115,9 foiz), moliya xizmati 197,7 mlrd.so’m (131,7 foiz), transport xizmati 426,6 mlrd.so’m (109,9 foiz), yashash va ovqatlanish 45,0 mlrd.so’m (114,1 foiz), savdo 829,8 mlrd.so’m (111,0 foiz), ko’chmas mulk bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar 75,6 mlrd.so’m (107,9 foiz), ta’lim xizmati 93,0 mlrd.so’m (103,9 foiz), sog’liqni saqlash xizmati 42,5 mlrd.so’m (110,3 foiz), ijara va prokat xizmati 53,4 mlrd.so’m (108,0 foiz), kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmati 84,3 mlrd.so’m (108,0 foiz), shaxsiy xizmatlar 178,0 mlrd.so’m (109,5 foiz), me’morchilik, muxandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 14,8 mlrd.so’m (105,7 foiz) va boshqa turdagi xizmatlar 53,3 mlrd.so’m (105,4 foiz)ni tashkil etdi.

“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy 2017 yil yanvar-iyun oylari davomida umumiy qiymati 45,5 mlrd.so’mlik 232 ta xizmat ko’rsatish ob’ektlarini tashkil etilib, 1239 ta ish o’rinlari yaratilishiga erishildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2017 yilning yanvar-iyun oylari davomida 10 ta aloqa, 2 ta moliya, 4 ta transport, 10 ta yashash va ovqatlanish, 144 ta savdo, 8 ta ko’chmas mulk bilan bog’liq, 13 ta sog’liqni saqlash, 2 ta ta’lim, 4 ta kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash, 25 ta shaxsiy va 10 ta boshqa turdagi xizmat ko’rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi.

Servis sohasida 2017 yil yanvar-iyun oylarida yaratilgan jami 1061 ta yangi ish o’rinlari qishloq joylarida tashkil etildi.

Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 3078,4 mlrd.so’m (111,5%) tashkil etib, prognoz parametrlari (111,4%) ta’minlandi.  

Hududlar bo’yicha ko’rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan shahri (o’sish sur’ati 116,8%), Yangiqo’rg’on (119,4%) tumanlarida o’sish sur’atlari yuqori bo’ldi.

Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 1156,3 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 124,2 foizga ko’paydi.

Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida viloyat hokimining 2017 yil 20 fevraldagi 83-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o’rnatilgan.

Mazkur qaror asosida “Namangan viloyati tumanlarida 2017 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz, uzum, go’sht, sut va tuxum  mahsulotlarini choraklar bo’yicha ishlab chiqarish va foydalanish prognoz ko’rsatkichlari” ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, 2017 yilda barcha xo’jaliklarda 312,7 ming tonna kartoshka, 858,8 ming tonna sabzavot, 102,9 ming tonna poliz, 313,1 ming tonna meva, 145,7 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 124,2 ming tonna go’sht, 636,2 ming tonna sut, 420,9 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2016 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.

Joriy yilning 1-yarim yillik yakuni bilan 209,1 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 106%), 88,2 ming tonna kartoshka (97,4%), 49,9 ming tonna meva (109,8%), 9,6 ming tonna poliz (105,9%), 1,8 ming tonna uzum (111,5%), 61,7 ming tonna go’sht (108,5%), 279,1 ming tonna sut (108,7%) va 211,8 mln.dona tuxum (113,7%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

Buning hisobiga viloyatda 1600,9 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti yaratilib, o’sish sur’ati 104,4 foizga ta’minlandi yoki prognoz (104%)ga nisbatan 0,4 punktga ko’p bo’ldi.

Shu davrda, qoramol bosh sonlari 665,0 ming boshni (103,8%) shu jumladan, sigirlar 212,4 ming boshni (101,1%), qo’y-echkilar 707,1 ming boshni (101,2%), parrandalar 3987,7 ming boshni (113,7%) va otlar 6,6 ming boshni (100,6%) tashkil etdi.

2017 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan 107 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 22,2 mlrd.so’m (shundan 8,03 mlrd so’mi bank krediti) mablag’lar sarflanib, 608 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.

Joriy yilning 1 iyul holatiga 31,8 mlrd.so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 134 ta loyihalar amalga oshirildi. Natijada 740 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.

Jumladan, 34 ta qoramolchilik, 9 ta parrandachilik, 22 ta baliqchilik, 12 ta asalarichilik  xo’jaliklari tashkil etilib, 3 ta issiqxona, 16 ta fermer xo’jaliklari tomonidan intensiv bog’lar hamda 17 ta fermer xo’jaliklari tomonidan uzumchilik  barpo etildi.

Namangan viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2013-2016 yillarda 66408 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida 80 dona loyixalarda 3838,4 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlari bajarildi, bundan ob’ektlarda 137 dona meliorativ tik quduqlarini, 261 dona quvurli o’tish joylarini, 43 dona suv o’lchash inshootlarini, 467 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlariga 27670,0 mln.so’mlik mablag’ o’zlashtirildi.

2017 yilda 21818 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida 17 dona loyixalarda 839,5 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlari rejalashtirilgan bo’lib, bundan 1 donasi yildan-yilga o’tuvchi 16 donasi yangidan boshlanuvchi ob’ektlarda, kollektor drenaj tarmoqlarini, 62 dona meliorativ tik quduqlarini, 88 dona quvurli o’tish joylarini, 10 dona suv o’lchash inshootlarini, 128 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlariga 8000,0 mln.so’mlik  mablag’ rejalashtirildi.

2017 yilda 1 avgust xolatiga reja 487.70 km uzunlikda  qiymati 3817.05 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan, amalda 534.46 km uzunlikda 4250.37 mln.so’mlik 110 % ga ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2017 yil 1-yarim yillik yakuni bilan 236,3 mln. dollarlik (2016 yilning mos davriga nisbatan 122,4%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 90,4 mln.dollarni (181,0%), import 145,9 mln.dollarni (101,9 %) tashkil etdi.

2017 yil uchun viloyat hududiy tasarrufdagi xo’jalik sub’ektlariga jami 185,2 mln.dollar miqdorida hududiy eksport prognozi belgilanib (2016 yil prognozga nisbatan 1,5 marta), shundan 23,4 mln.dollari sanoat mahsulotlari, 161,7 mln. dollari meva-sabzavot mahsulotlari hisobiga to’g’ri keladi.

Joriy yilning 1-yarim yilligi uchun 70,5 mln.dollar eksport prognozi belgilangan bo’lib, hisobot davrida hududiy tasarrufdagi xo’jalik sub’ektlari tomonidan 41,7 mln.dollarlik mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, prognozga nisbatan 59,2 foizni tashkil etdi yoki 28,8 mln.dollarlik eksport hajmlari ta’minlanmadi.

Jumladan, amalga oshirilgan eksportning 21,8 mln.dollari sanoat mahsulotlari (prognozga nisbatan 242,4%), 19,9 mln.doll. meva-sabzavot mahsulotlari (32,4%) hisobiga to’g’ri keldi.

Hisobot davrida hududiy tasarrufdagi 63 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 28,7 mln.dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarildi.

Shuningdek, o’tgan davrda 16 ta hududiy eksportyor korxonalar tomonidan  1655,6 ming dollarlik 15 turdagi yangi mahsulotlar eksporti o’zlashtirildi.

(Yangi turdagi mahsulotlar: yong’oq yog’i, tuxum, o’simliklar ko’chatlari, lak kraska mahsulotlari, motor moylari, avtomobil fonar va faralari, kostyum-shim yoiloflari, matrats vatalari ).

Hisobot davrida viloyatdagi 5 ta yangi bozorlar o’zlashtirildi. Xususan, Keniya va Janubiy Afrika Respublikasiga kostyum-shim, Germaniyaga kostyum shim va meva-sabzavotlar hamda Malayziya va Pokistonga xo’l meva-sabzavotlar eksport qilindi. 

Kichik biznesni rivojlantirish.

Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’ektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. 2017 yilning 1 yarim yillik yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 67,5 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes sub’yektlarining salmog’i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2017 yilning 1 iyul holatiga jami 16998 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2016 yilning mos davriga nisbatan 105,5 foizga ortdi.

Namangan viloyatida joriy yil 1-yarim yillik yakuni bilan 16025 kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko’rsatmoqda, ular tomonidan 1045,1  mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari, 982,1 mlrd.so’mlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub’ektlarini 2646 tasi sanoat sohasida, 1476 tasi qishloq xo’jaligida, 4063 tasi xizmat ko’rsatish soxasida ish olib bormoqda.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Bandlik. Aholini ish bilan ta’minlash dasturlari doirasida joriy yilda 62,2 mingta ish o’rinlari tashkil etish belgilangan. Shundan, yanvar-iyun oylarida 28,6 mingta ish o’rinlari yaratish rejalashtirilgan.

2017 yilning 1 iyul holatiga dasturning barcha yo’nalishlarida 2095 ta loyihalarda 30,1 mingta (105,5%) ish o’rinlari yaratildi.

Shundan maqsadli dasturga asosan;

- Sanoatda 71 ta loyihada 2294 ta (131,1%) ish o’rinlari;

- Xizmat ko’rsatish sohasida 288 ta loyihada 1427 ta (121,2%) ish o’rinlari;

- Qishloq  xo’jaligida 161 ta loyihada 1036 ta (135,1%) ish o’rinlari;

- Qurilishda 231 ta loyihada 3504 ta (100,1%) ish o’rinlari;

- Faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, bo’sh turgan davlat ob’ektlarini ijaraga berish yoki xususiylashtirish orqali 219 ta loyihada 1506 ta (103,4%) ish o’rinlari;

- Yakka tartibdagi tadbirkorlik yo’nalishida 4052 ta (101,2%) ish o’rinlari;

- Qishloq xo’jaligida, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qurilishdagi mavsumiy va vaqtincha ishlarda 944 ta loyihada  6500 ta (100,1%) ish o’rinlari;

- Aholini shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaligida o’z-o’zini band qilish va oilaviy tadbirkorlikda 181 ta loyihada 14003 ta (100,2%) ish o’rinlari yaratilib, aholining bandligi ta’minlandi.

Yaratilgan ish o’rinlarining 9558 tasi xotin-qizlarga,  5417 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga, 11511 tasi yoshlarga, shu jumladan 5891 tasi kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari xissasiga to’g’ri keldi. 

2017 yil yanvar-iyun oyi yakunlarida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari (Microsoft Excel 433 KB)

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (135 KB)