1. Makroiqtisodiy o’zgarishlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2017 yil yanvar-sentyabr yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati
4,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,6 foizga, qishloq xo’jaligi 4,6 foizga, qurilish ishlari 4,6 foiz va chakana savdo aylanmasi 2,6 foizga o’sishi ta’minlandi.

  1. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.
  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida»gi PQ-2697-sonli va shu asosida viloyat hokimining 29 dekabrdagi 473-sonli qarori to’g’risida

Mazkur qarorga asosan viloyatda 2017 yil davomida 2570,9 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar shundan, 150,4 mlrd.so’m byudjet mablag’lari, 267,1 mlrd.so’m byudjetdan tashqari fond mablag’lari, 608,9 mlrd.so’m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 64,6 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasi RRQJ mablag’lari, 487,1 mlrd.so’m korxona va tashkilot mablag’lari, 246,1 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari, 614,7 mlrd.so’m aholi va xususiy shaxslar mablag’lari hamda 132,0 mlrd.so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi belgilangan.

Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida barcha manbaalar hisobidan 1896,6 mlrd.so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, ularning 52,0 foizi (987,0 mlrd.so’mi) ishlab chiqarish sohasiga, 48,0 foizi (909,6 mlrd.so’mi) noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 apreldagi PQ-2873-sonli qaroriga asosan, markazlashgan mablag’lar hisobidan 27 ta (7 ta rekonstruktsiya va 20 ta kapital ta’mirlash) maktabgacha ta’lim muassasalari, 20 ta (1 ta yangi qurilish, 16 ta rekonstruktsiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 6 ta sog’liqni saqlash ob’yektlari va 1 ta yopiq suzish havzasi jami 55 ta, shuningdek, Mamlakatimiz rahbarining 2017 yil 7-8 iyul kunlari viloyatimizga tashrifi hamda tasdiqlangan yig’ilish bayonlariga asosan, Yangiqo’rg’on tumanining Bo’ston MFYdagi 21-maktab hududida BO’SMga qarashli sport majmuasi qurilishi hamda Uychi tuman qishloq oilaviy poliklinikasi qurilishi bilan jami 57 ta ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash hisobiga foydalanishga topshirish hamda ushbu maqsadlar uchun 76,3 mlrd.so’m mablag’larni o’zlashtirish rejalashtirilgan.

2017 yilning 3-chorak yakuni bilan ushbu ob’yektlar qurilishi uchun 75,6 mlrd.so’m mablag’lar o’zlashtirilib, 74,4 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan.

To’raqo’rg’on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishida bugungi kunda 107,4 mlrd.so’m mablag’lar o’zlashtirildi.

Bosh pudratchi “SirdaryoIESqurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo’llari, 2 ta mashinaga mo’ljallangan yong’in xavfsizligi bo’limi,   2 ta ko’p qavatli turar-joy binolari qurilishi, 150 o’rinli oshxona  qurilishida ish olib borilmoqda. Ma’muriy bino, tashqi  aloqa tarmog’ini  tortish  ishlari  va  xujalik  extiyoji  uchun  toza ichimlik suv  tarmog’i  qurilish ishlari  yakunlandi.

To’raqo’rg’on IES qoshidagi PS 500/220/10 kV ni loyiha ishlariga 1380,8 mln.so’m mablag’ va qurilish maydonidagi bosh pudratchi “Yangi-Angrenissiqlikenergomontaj” UK korxonasi tomonidan 2017 yil 6 oktyabr holatiga 3669,5 mln.so’m mablag’lar o’zlashtirilgan. Hozirgi kunda yer ishlari davom etmoqda. 

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 874,3 ming kv.m. turar-joy, 134,3 km ichimlik suvi va 4,1 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

  1. “Namangan viloyatini 2017-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.

“Namangan viloyatini 2017-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2017 yil davomida 1450,4 mlrd.so’m miqdorida mablag’larni o’zlashtirish hisobiga 1151 ta loyihalarni (sanoat sohasida 313 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 561 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 277 ta) ishga tushirib, 16641 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga 640 ta loyihalar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 430,3 mlrd.so’m mablag’lar (shundan, 203,5 mlrd.so’mi bank kreditlari) sarflandi. Natijada 6946 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.

I-yo’nalish: Sanoat sohasida 2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 143 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 317,5 mlrd.so’m investitsiya mablag’larini o’zlashtirib, 4151 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.

II-yo’nalish: Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 2017 yilning 9  oyi davomida 90,1 mlrd.so’mlik investitsiyalar o’zlashtirib, 435 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 2570 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

III-yo’nalish: Qishloq ho’jaligi sohasida 2017 yilning 1 oktyabr holatiga 184 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 50,5 mlrd.so’m mablag’lar sarflanib, 974 ta yangi ish o’rinlari tashkil etildi.

III. Sanoat.

Viloyatda 2017 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 3400 dan ziyod faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida 2798,6 mlrd.so’mlik (105,6%) sanoat mahsulotlari, 1922,1 mlrd.so’m (105,3%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarildi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog’ida o’sish sur’ati 15,1 foiz, oziq-ovqat sanoatida 13,9 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (37,1%) va oziq-ovqat sanoati (35,7%) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 1048,3 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 720,0 ming so’mni tashkil etib, 2016 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 125,8 ming so’m va 74,2 ming so’mga ko’p yoki 110,5 foiz va 109,8 foizga o’sishiga erishildi.

Mahalliylashtirish dasturi ijrosi haqida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi PQ-2698-sonli qarori doirasida 2017-2019 yillarda viloyatiizda mahalliylashtirish dasturi doirasi amalga oshirish uchun 9 ta xududiy korxonaning 23 ta loyihalar kiritilgan. Jumladan:

Namangan shahrida 4 ta korxonaning 6 ta loyihasi, Namangan tumanida 4 ta korxonaning 15 ta loyihasi hamda Yangiqo’rg’on tumanida 1 ta korxonaning 2 ta loyihalari kiritilib, mahsulot ishlab chiqarish xajmlari rejasi korxonalar tomonidan tasdiqlangan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan qarorga kiritilgan   9 ta korxonalarning 23 ta loyihasi bo’yicha 20,6 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo’lib, amalda 8 ta korxonalarning 21 ta loyihasi bo’yicha 22,6 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz topshiriqlari 109,7 foizga bajarilishi ta’minlandi.

 Ishlab chiqarilgan mahsulotning 13,3 mlrd.so’mligi ichki bozorga sotildi va jami iqtisod qilingan valyuta miqdori 727,8 ming dollarni tashkil etdi.

Yil yakuniga belgilangan 24,1 mlrd.so’m xajmlar o’rniga, 27,2 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib,  reja 110,5 foizga ortig’i bilan bajarilishi, iqtisod qilingan valyuta miqdori 1,2 mln.dollarga yetkazilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, yangi loyiha takliflarini shahar va tumanlar kesimida ko’rilganda Namangan shahrida 18 ta, Chust tumanida 38 ta, Namangan tumanida 11 ta, Norin va Yaniqo’rg’on tumanlarida 5 tadan, Uychi va Chortoq tumanlarida 4 tadan, Mingbuloq tumanida 3 ta, To’raqo’rg’on tumanida 2 ta hamda Kosonsoy, Pop va To’raqo’rg’on tumanlarida 1 tadan loyiha ishlab chiqilgan.

Mazkur loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kirtilishi natijasida     2017-2019 yillarda 381,3 mlrd.so’mlik import o’rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi bilan birga 75,4 mln.dollar valyuta miqdorida iqtisod qilinadi.

  1. I Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 3393,6 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga  nisbatan 105,1 foiz o’sishiga erishildi hamda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 4575,4 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 102,6 foizni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga jami xizmatlar 1271,2 ming so’m, chakana savdo aylanmasi 1713,8 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 10,8 va 9,1 foizga ko’paydi.

  1. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.

 “Namangan viloyati tumanlarida 2017 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz, uzum, go’sht, sut va tuxum  mahsulotlarini choraklar bo’yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko’rsatkichlari” ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, 2017 yilda barcha xo’jaliklarda 249,4 ming tonna kartoshka, 675,2 ming tonna sabzavot, 82,8 ming tonna poliz, 246,1 ming tonna meva, 118,2 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 124,2 ming tonna go’sht, 636,2 ming tonna sut, 420,9 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2016 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.

Joriy yilning 9 oylik yakuni bilan 464,0 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 115,3%), 179,4 ming tonna kartoshka (109,6%), 155,6 ming tonna meva (110,1%), 53,0 ming tonna poliz (108,5%), 83,0 ming tonna uzum (116,1%), chorvachilik mahsulotlaridan 98,5 ming tonna go’sht (106,6%), 465,6 ming tonna sut (107,0%) va 294,1 mln.dona tuxum (126,7%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

Shu davrda, qoramol bosh sonlari 601,2 ming boshni (103,3%) shu jumladan, sigirlar 211,6 ming boshni (101,8%), qo’y-echkilar 699,5 ming boshni (101,9%), parrandalar 3632,6 ming boshni (107,5%) va otlar 6,6 ming boshni (100,9%) tashkil etdi.

Buning hisobiga viloyatda 2493,1 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti yaratilib, o’sish sur’ati 104,6 foizga ta’minlandi.

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2017 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 394,2 mln.dollarlik tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 134,2 mln.dollarni, import 260,0 mln.dollarni tashkil etdi.

Hududiy eksport. Yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 69,8 mln.dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarildi.

 Mahsulot turlari bo’yicha ko’rilganda:

- 35,6 mln.dollarlik sanoat mahsulotlari;

- 34,2 mln.dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilindi.

Hisobot davrida jami 143 ta korxonalar tomonidan eksport amallari bajarilib, shundan 65 ta korxonalar ilk bor eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 25,5 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Shuningdek, 23 ta korxona tomonidan 2,1 mln.dollarlik 22 ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti yo’lga qo’yildi. Xususan, Uychi tumanidagi “Ekstra primer bat” korxonasi tomonidan 36,5 ming dollarlik akkumulyatorlar, “Element paynt” korxonasi tomonidan 20,6 ming dollarlik lak bo’yoqlar, Namangan tumanidagi “Zamin Iftixor servis” korxonasi tomonidan 20,6 ming dollarlik keramika buyumlari shular jumlasidandir.

Yangi bozorlarni egallash va eksport geografiyasini kengaytirish bo’yichap olib borilgan ishlar natijasida o’tgan 9 oy mobaynida 8 ta yangi davlatlarga mahsulotlarni eksportga chiqarish yo’lga qo’yildi. Bular Germaniya (kostyum-shim, quritilgan meva-sabzavot), Malayziya (tuxum, mosh, loviya), Niderlandiya (quritilgan uzum), Kanada (xo’l qovun), Isroil (trikotaj), Pokiston (mosh, loviya, quritilgan uzum), Keniya (kostyum-shim, pidjak, ko’ylak) va Janubiya Afrika Respublikalaridir (kostyum-shim, pidjak, ko’ylak).

VII. Kichik biznesni rivojlantirish.

Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’yektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. 2017 yilning 9 oy yakuni bilan kichik biznes sub’yektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 80,2 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes sub’yektlarining salmog’i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2017 yilning 1 oktyabr holatiga jami 17091 ta kichik biznes sub’yektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2016 yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizga ortdi.

2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 1364,1 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqilgan bo’lsa, 2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida ushbu ko’rsatkich 1770,2 mlrd.so’mni tashkil etdi. Kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi mos ravishda 65,2 foizdan 71,7 foizga ortishi ta’minlandi.

Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini tahlil qilinganda sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 80,3%, qishloq xo’jaligidagi ulushi 99,1 %, qurilish ishlarida 94,4%, savdoda 91,9%, xizmatda 71,8 %ni tashkil etdi.

Hisobot davrida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 29624 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, kichik biznes sohasida band bo’lganlar soni 988,0 ming kishiga yetdi.

VII. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Bandlik. Aholini ish bilan ta’minlash dasturlari doirasida joriy yilda 62,2 mingta ish o’rinlari tashkil etish belgilangan. Shundan, yanvar-sentyabr oylarida 47,1 mingta ish o’rinlari yaratish rejalashtirilgan.

2017 yilning 1 oktyabr holatiga dasturning barcha yo’nalishlarida 3213 ta loyihalarda 48,4 mingta (102,8%) ish o’rinlari yaratildi.

Shundan maqsadli dasturga asosan;

- Sanoatda 183 ta loyihada 5055 ta (101,1%) ish o’rinlari;

- Xizmat ko’rsatish sohasida 392 ta loyihada 2368 ta (102,8%) ish o’rinlari;

- Qishloq  xo’jaligida 203 ta loyihada 1525 ta (102,7%) ish o’rinlari;

- Qurilishda 289 ta loyihada 5810 ta (100,0%) ish o’rinlari;

- Faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, bo’sh turgan davlat ob’yektlarini ijaraga berish yoki xususiylashtirish orqali 463 ta loyihada 2475 ta (100,2%) ish o’rinlari;

- Yakka tartibdagi tadbirkorlik yo’nalishida 7043 ta (102,1%) ish o’rinlari;

- Qishloq xo’jaligida, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qurilishdagi mavsumiy va vaqtincha ishlarda 1412 ta loyihada 11038 ta (100,2%) ish o’rinlari;

- Aholini shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaligida o’z-o’zini band qilish va oilaviy tadbirkorlikda 271 ta loyihada 22269 ta (100,2%) ish o’rinlari yaratilib, aholining bandligi ta’minlandi.

Yaratilgan ish o’rinlarining 23516 tasi xotin-qizlarga, 9232 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga, 23011 tasi yoshlarga, shu jumladan 14351 tasi kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari xissasiga to’g’ri keldi.

Aholi bandligini ta’minlashda ish o’rinlari tashkil etish parametrlari ijrosi joriy yil yakunida 5,1 foizga o’sish prognozi kutilmoqda.

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (122 KB)

2017 yilning 9 oylik yakuni bilan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari (Microsoft Excel 438 KB)