Viloyat hokimligi haqida umumiy ma'lumot

   O'zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi uch turdagi xokimiyatlar tomonidan tashkil etiladi. Bular Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlaridan iborat. Qonun chiqaruvchi xokimiyat - Oliy Majlis bo'lib, u quyi va yuqori palatadan tashkil topgan. Quyi, ya'ni "Qonunchilik palatasi" 120 nafar doimiy ravishda faoliyat ko'rsatuvchi deputatlardan iborat bo'lib, asosan qonun xujjatlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Yuqori palata esa "Senat" deyiladi va u 100 nafar senatorlardan shakllanadi. Senatorlar o'zlarining asosiy xizmat vazifalaridan ajralmagan xolda vaqti-vaqti bilan yig'ilib turadilar va Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilgan yangi qonun xujjatlarini o'rganib chiqib, qabul qiladilar.

  Ijro xokimiyatiga Vazirlar Maxkamasi boshchiligida vazirliklar, idoralar, Toshkent shaxri va viloyatlar xokimliklari kiradi. Ijro xokimiyati bir so'z bilan aytganda joylarda qonunlarning ijrosini ta'minlash vazifasini bajaradi. Sud xokimiyatiga Respublika Oliy sudi boshchiligida turli soxalardagi barcha sudlar kiradi. Sudlar ijro xokimiyati xamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlaydi.
  Viloyat xokimligi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xududlarda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi xamda viloyat xokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta'minlaydi.
  Viloyat xokimligi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Maxkamasi xamda xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida xisob beradi. Viloyat xokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi viloyat xokimi, xokim o'rinbosarlari, maxalliy davlat boshqaruvi organlari raxbarlari, tuman va shaxar xokimlari, viloyat xokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning xamda viloyat xokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta'minlanadi.
  Viloyat xokimligi faoliyati viloyat xokimi tomonidan tashkil etiladi. Viloyat xokimi qonun xujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida xududdagi barcha organlar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar chiqaradi. Viloyat xokimining me'yoriy tusdagi yoki muxim axamiyatga ega bo'lgan xujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. Viloyat xokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo'yicha xujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. Viloyat xokimligi apparati o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va "Maxalliy davlat xokimiyati to'g'isida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 29 mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaxarlari va tumanlari xokimliklari apparatlarida ish yuritish va xujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo'yicha yo'riqnoma" xamda viloyat hokimligining reglamentiga amal qiladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo'yicha ish yuritish "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi.

 Tashkiliy tuzilmasi

   Viloyat xokimligi apparatida jami 44 kishi faoliyat ko'rsatadi. Bular viloyat xokimi, xokimning besh yo'nalish bo'yicha o'rinbosarlari, ularning besh nafar mutaxassisdan iborat kotibiyatlari, axborot-taxlil guruxi, tashkiliy-nazorat guruxi, xuquqni muxofaza qilish organlari faoliyati, xarbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo'yicha gurux, umumiy bo'lim va ishlar boshqarmasidan iborat.

Bo'linmalar faoliyati ularning raxbarlari tomonidan viloyat xokimining qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida tashkil etiladi.

Viloyat xokimligi apparati:

- soxalar va xududlarda o'tkazilayotgan isloxotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta'minlaydi;
- xokimlik muxokamasiga kiritilayotgan xujjatlar loyixalarini belgilangan muddatda ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Yuqori tashkilotlar xamda xokim qaror va farmoyishlarining maxalliy boshqaruv organlari xamda idoralari tomonidan o'z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi va nazoratini tashkil qiladi;
- bo'lim, guruh va kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo'yicha taxliliy xujjatlarni tayyorlaydi va xokimlikka tushgan axborot, taklif va muloxazalarni umumlashtiradi.
Viloyat xokimligi apparati bo'linmalari faoliyatiga viloyat xokimi va xokim o'rinbosarlari raxbarlik qiladi. Ularning ichki apparat va hujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

 Matnni Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (61,5 KB)

Murojaat yuboring
Yuklash uchun faylni tanlang
Size limit for each file is 5.00 MB