Chop etish

Namangan viloyati hokimligi boshqaruv apparatidagi quyidagi vakant lavozimga ochiq tanlov e’lon qiladi:
Viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar viloyat hokimligiga, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni taqdim etishlari zarur.
Hujjatlar 2021 yil 6 oktabrdan 15 oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Ish haqi: shtat jadvali bo‘yicha
Qo‘shimcha haq: ko‘zda tutilgan
Stavka: to‘liq

Nomzodga qo‘yiladigan malaka talablari:
Viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga 1. Oliy yuridik ma’lumotga ega va mahalliy davlat hokimiyati tizimlarida
5 yil, yuridik sohada ishlashda kamida 10 yil mehnat tajribasiga ega malakali xodim bo‘lishi hamda o‘zbek, rus tillarida fikrlarini to‘liq bayon eta olishi; 2. Turli seminarlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarda viloyat hokimligi nomidan ishtirok eta olishi; 3. Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshish qobiliyatlariga ega bo‘lishi; 4. Har qanday vaziyatda o‘zini-o‘zi idora qila olishi;
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq foydalana olishi; 6. Sohaga oid barcha normativ-huquqiy hujjatlarni puxta bilishi lozim.
Lavozim majburiyatlari:
Nazorat tuzilmalarining asosiy maqsadi tashkilotda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tashkilot tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.
Shuningdek, sohaga oid Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarishi, qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmasligi, tashkilot tizimida jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organ, Agentlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi, tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan tashkilot rahbariyatiga ma’lumotnomalar kiritishi hamda har chorakda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar to‘g‘risidagi choraklik hisobotni Agentlikka taqdim etishi shart.
Ish sharoiti: ish kunlari dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha

Nomzodlar uchun tanlov viloyat hokimligi tanlov komissiyasi tomonidan Agentlik mas’ul xodimi ishtirokida 2021 yil 16 oktabr kuni soat 10-00 da viloyat hokimligi binosida o‘tkaziladi. Manzil: Namangan shahri, Istiqlol ko‘chasi 57-uy.