Chop etish

Namangan markazidagi Afsonalar vodiysi tematik parkida yoshlar festivalining yakuniy tantanalari bo‘lib o‘tdi.


Tantanali tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov yoshlarni tabriklab, bunday bayram kunlari har kun davom etishini tiladi. Barcha yoshlarga mustaqil hayot yo‘llarida ahillik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi ezgu xislatlar doimo yo‘ldosh bo‘lishini tiladi.

Shundan so‘ng bir guruh yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda "Eng yaxshi nodavlat ta’lim muassasasi" nominatsiyasida "Namangan progress" o‘quv markazi, "Istiqbol zamon bolalari" umumiy o‘rta ta’lim muassasasi, "Wonderkid`s school" nodavlat ta’lim muassasalari taqdirlandi.

Mudofaa ishlari bo‘limi, "Mening sovg‘am" nominatsiyasida eng ko‘p kitob sovg‘a qilgan yosh Axtamova Susannaga mukofot berildi.

Zakovat intellektual o‘yinoarida 1- o‘rin Prezident maktabi jamoasiga, 2-o‘rin Xalq ta’limi boshqarmasi jamoasiga, 3-o‘rin esa Namangan muhandislikqurilish instituti yoshlari jamoasiga nasib etdi.

Yoshlar Ittifoqi va Yoshlar Ishlari Agentligi viloyat boshqarmalariga 1 milliard so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangani barcha yoshlarni quvontirdi.
 
Maxsus tayyorlangan katta sahnada yoshlarning sevimli xonandalari, sozandalari va raqqosalari zavq ulashishda.

Bundan tashqari, 50 nafar iqtidorli o‘quvchi yoshlarga sog‘lomlashtirish markaziga umumiy qiymati 82 million so‘mlik yo‘llanma sertifikati topshirildi.

Mingbuloq tuman hokimligi "Eng faol kitob tag‘ibotchisi" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Bundan tashqari, kitobxon oila farzandiga bir yillik oliy o‘quv yurtiga shartnoma to‘lovi o‘tkazib berilishi to‘g‘risida sertifikat topshirildi

Manba: https://t.me/namvilhok/27644

Viloyat hokimligi Axborot xizmati