Barcha joyda bo’lganidek, viloyatimizda ham harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni armiyaga tantanali kuzatish marosimi bo’lib o’tmoqda.

Barcha joyda bo’lgani kabi Namangan viloyatida ham 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 23 yilligi keng tantana qilinmoqda. Bugun erta tongda Namangan shahridagi “Xotira majmuasi” da gulchambar qo’yish marosimi bilan boshlangan bayram tadbirlarining asosiy qismi Namangan shahridagi Alisher Navoiy nomli viloyat musiqali, drama va komediya teatrida bo’lib o’tdi. Tantanali yig’ilishga askar va serjantlar, ofitserlar, faxriylar hamda viloyat jamoatchilik vakillari taklif etildi.

Farovon yurtimizga barchamiz intiqib, orziqib kutgan fasllar kelinchagi bahor tashrif buyurib, ona-tabiat yashillikka burkanmoqda. Unga hamohang ravishda ko’ngillarimiz ajib bir tuyg’ularga to’lib bormoqda.

Butun tabiat yasharish, yangilanish og’ushida yangilikka yuz tutayotgan shunday qutlug’ lahzalarda Sharqona yangi yil –Navro’z kirib kelmoqda. Bahorda tevarak-atrof tuproq isi, gul-u-chechaklar iforiga to’yingan onlarda keng tantana qiladigan bu go’zal ayyomimizning qadri balanddir. Navro’z-qut-baraka, mehr-oqibat, bunyodkorlik va hamjihatlik timsoli hamdir.

Namangan shahrida O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma to’rt yilligi hamda “Keksalarni e’zozlash yili” bag’ishlangan an’naviy “Gul bayrami” bo’lib o’tmoqda.