Chop etish

Safar oldidan barcha ziyoratchilar joylardagi markazlashgan tibbiyot punktlarida emlandilar. Bugun namanganlik ziyoratchilarning 220 nafardan iborat dastlabki guruhlari Namangan-Madina yo’nalishi bo’yicha Saudiya Arabistoni podshohligiga uchib ketdi. Guruhlar tarkibida ziyoratchilar bilan safar davomida haj amallarini bajarish, xavfsizlik choralariga rioya qilish, salomatlikni asrash yuzasidan tushuntirish ishlari o’tkazildi. Ziyoratchilarga O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari aks ettirilgan maxsus kiyim va sumkalar, «Hajnoma» kitobchasi va videotasmalar taqdim etildi.

Bo’lajak hojilar uchun mehmonxona, tibbiy markaz, oshxonalarni tayyorlash va zarur tashkiliy ishlarni amalga oshirish uchun 10 nafar ishchi guruhi a’zolari Saudiya Arabistoniga safarbar etilgandi. O’zbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida «Masjid an-Nabaviy»dan 150 metr masofada joylashgan «Javharat ar-Roshid», Makka shahrida esa «Masjidi Haram»dan 5000 metr masofadagi to’rt yulduzli «Abroj al-Hidoya» mehmonxonasi ijaraga olingan.

Mehmonxonalardagi har bir xona muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi, konditsionerlar bilan jixozlangan. Ziyoratchilar uchun foye va xonalarda o’zbek tilida yo’l ko’rsatkichlari va zarur ma’lumotnomalar qo’yilgan. Makka shahrida ziyoratchilarning «Masjidi Haram»ga borishlari uchun mehmonxonadan avtobuslarning uzluksiz qatnovi tashkil etilgan.

Eslatib o’tamiz bu yil Namangandan 650 nafar fuqarolar haj ammallarini ado etadilar.