Chop etish

Hademay sevimli jamoamiz “Navbahor” muxlislari oʻzining qoʻshigʻiga ega boʻladi. Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov tashabbusi bilan eʼlon qilingan tanlovda eng koʻp ovoz toʻplagan muxlislar qoʻshigʻi uchun 10 mln soʻm pul mukofoti berilishi belgilandi. Oʻylaymizki, bunday imkoniyatni Siz aziz ijodkorlar, bastakor va shoirlar aslo qoʻldan boy bermaysizlar. Eng asosiysi, Siz yozgan qoʻshiq umrbod “Navbahor”niki boʻlib qoladi va butun Namangan ahli kuylaydi.

 

Koʻpchilikda tayyor boʻlgan muxlislar qoʻshigʻini qayerga joʻnatamiz? Qanday qilib eng zoʻr qoʻshiq tanlab olinadi? kabi savollar tugʻilishi tabiiy.


Bu juda oddiy: qoʻshiqni @Muxlislarklubi_bot ga yuborsangiz boʻldi. Keyin @F_Umaraliev telegram kanaliga joylanadi va ovoz berish orqali eng zoʻr muxlislar qoʻshigʻi aniqlanadi. Qoʻshiqlar “Navbahor” rahbarlariga ham taqdim etiladi.

Shuningdek, bu xayrli ishni amalga oshirishda Alisher Fayz, Samandar va Iskandar Hamraqulovlar, Sardor Mamadaliyev, Zulayho Boyxonova, Gulasal Abdullayeva, Jaloliddin Usmonov, Bahriddin Zuhriddinov, Gʻaybullo Tursunov, Bekzod Bahromov kabi elimiz suygan sanʼatkorlar ham xayrixoh boʻlishadi va oʻz yordamlarini ayashmaydi, deb uylaymiz.

“Navbahor” muxlislar klubi