Namangan shahrida yaqin davrda 18-qavatli zamonaviy biznes markazi hamda yirik Kongress-xoll quriladi. Bu loyiha asli namanganlik xalqaro biznesmen, Rossiya milliarderi Alisher Usmanovning ko‘magi bilan amalga oshiriladi. Bu haqda  bugun o‘z ishini boshlagan “Doing Business with Namangan – 2019” Namangan Xalqaro investitsion forumi  ochilish marosimida nutq so‘zlagan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ma’lum qildi.

 

 

“Namangan zamini, xorijda katta muvaffaqiyatlarga erishgan o‘z farzandlari bilan doim faxrlanadi. Yana xursandchilik bilan shuni e’lon qilishni istardimki, yaqinda Namangan shahrida Alisher Burxanovich Usmonovning ko‘magi bilan 18-qavatli biznes markazi hamda Kongress-xoll quriladi. Umid qilamizki, keyingi, 2020 yilgi ““Doing business with Namangan – 2019” xalqaro investitsion forumini aynan o‘sha joyda o‘tkazamiz” dedi Bozorov