Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Unda boshqarmaning tarkibiy tarmoqlar rahbarlari, inspektorlar, shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi. 

Tadbirda Bosh qomusimiz xalqimiz hayotida tub burilish yasagan, har birimizning hayotiy farovonligimiz va erkinligimiz kafolati ekanligi,  ayniqsa, barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirish, yurtimizning bugungi yuksak taraqqiyotini ta’minlash, umummilliy hamda umuminsoniy g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishda dasturilamal bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng yig‘ilganlarga Byuro direktorining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining qutlug‘ 27 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tadbirda bayram munosabati bilan qonun ustuvorligi, sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini so‘zsiz ijrosini ta’minlash, energiya resurslari, suv va maishiy chiqindilar uchun qarzdorlini undirish va nazorat qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish, to‘lov intizomini mustahkamlashda faol ishtirok etgan bir guruh xodimlarga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi e’lon qilindi.

                                                 MIB Namangan viloyat boshqarmasi