Joriy yilning 30-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “MIB firibgarlardan 13 ming dollar pulimni undirishda sustkashlik qilyapti” sarlavha ostida murojaat chop etilgan. Unda fuqaro Muhabbat Dedabaeva qalbaki hujjat bilan hovli sotgan firibgarlarga nisbatan sudning hukmi chiqarilgani, unga asosan 13 ming AQSh dollari 3 oy davomida undirilishi belgilangani, biroq MIB undirib bermayotganini bayon etgan.

Mazkur murojaat o‘rganildi va quyidagilar ma'lum bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha  Namangan shahar sudining 09.06.2020-yildagi ijro xujjatiga asosan F.Nasriddinovadan undiruvchi M.Dedabaeva foydasiga 13.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan 131.991.470 so‘m  moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 27.06.2020-yilda kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor F.B.Nasriddinovaning nomida hech qanday mol-mulklar aniqlanmagan.

Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan 15.08.2020-yilda qarzdor F.Nasriddinovaning yashash manzili ko‘rilganda u Namangan shahar, To‘quvchi mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 37-uy 18-xonadonda ijara asosida yashagani aniqlangan. Biroq, o‘rganish vaqtida hozirda noma'lum manzilga ko‘chib ketganligi aniqlangan va ushbu haqda xolislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor F.Nasriddinova bilan uchrashib, undan tushuntirish olinganida hozirgi vaqtda Namangan shahar, Gulbog‘ MFY hududida joylashgan Namangan shahar 1-sonli pedagogika kollejining yotoqxonasida vaqtincha yashab kelayotganligini ma'lum bo‘lgan.

Hozirda qarzdordan undirish choralari ko‘rilmoqda.

 

MIB Namangan vloyat boshqarmasi