Chop etish

Namangan viloyati  hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chortoq tumanidagi investitsion, infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

 

Chortoq tumani viloyatimizning eng so‘lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Har tomonlama qulay geografik joylashuv tumanning investitsiyaviy jozibadorligini ta'minlovchi muhim omildir.

 

Jahon bankining o‘rta toifadagi shaharlarni kompleks  rivojlantirish dasturi asosida Chortoq tumanida 40 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi.

 Buning natijasida , Chortoq shahriga Arbag‘ish qishlog‘idan 29 kilometr masofadan 700 diametrlik quvurlarda toza ichimlik suvi tortiladi.

 Chortoq shahridagi mavjud 58 kilometrli toza ichimlik suvi tarmog‘i yangilanadi.

 Chortoqsoy yoqasida piyodalar, velosiped, otda yurish yo‘lakchalari tashkil etiladi.

 Chortoq bozori tubdan yangi quriladi. Furqat istirohat bog‘i zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi. Chortoqsoy ga bir nechta zamonaviy ko‘priklar quriladi.

 

Hozirda 229 ta mahalliy va xorijiy investitsiya loyihalari amalga oshirilish jarayonidan. Bundan 80 dan ortiq loyihalar to‘la ishga tushdi.

Loyiha qiymati 20 million dollardan ortiq mablag‘ni tashkil etuvchi  Chortoq resorts, Chortoq renessans  sanatoriyalari qurilishi yakundanmoqda.

Ummon sultonligi va Hindistonlik investorlarning 25 million dollar sarmoyalari evaziga yana ikkita sanotoriya va villalar majmuasi qurilishi uchun yerlar ajratildi. Ularning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Oyqiron kichik sanoat zonasi va boshqa xorijiy investisiyalar asosida loyixalarni tezlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Chortoq tumanidagi o‘rganishlar davom etmoqda