Chop etish

Joriy yilning 23-oktyabr kuni “YouTube” ijtimoiy tarmoqda Kosonsoy tumani, “O‘rta ko‘cha” mahallasida yashovchi fuqaro Siddiqov Baxriddin Mullajonovich murojaat yo‘llagan. Ushbu murojaat,  unda ko‘rsatib o‘tilgan holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, murojaat yo‘llagan fuqaro B.Siddiqovning yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli, joriy yilning aprel-may oylari davomida jami 892.000 ming so‘mlik (2 ta 111.500 so‘m hamda 669.000 so‘m) 3 ta ijro hujjatlari kelib tushgan hamda qarzdor B.Siddiqov ushbu ma'muriy jarimalarni belgilangan muddatda ixtiyoriy to‘langanligi sababli ijro ishlari tamomlanganligi aniqlandi.

O‘rganishda, Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limi tomonidan B.Siddiqovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.11.2007-yildagi 722-sonli qaroriga asosan undirilayotgan summaning 1 foizi miqdorida ijro yig‘imi to‘lashi lozimligi haqida tushuntirish berilgan va unga nisbatan noqonuniy xatti-harakat yoki talab qo‘yilmaganligi aniqlangan.

Bu haqida qarzdor B.Siddiqovning o‘ziga ham 26.10.2020-yil kuni tushuntirish berilgan va u tomonidan e'tirozi yo‘qligi ma'lum qilingan. Shu o‘rinda, fuqarolarimizning “Yo‘l qoidasi, ham umr ham hamyon foydasi !” degan naqlga amal qilishiga undab qolar edik.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi