Chop etish

Mazkur korxona tomonidan "tibbiyot spirti va texnik spirt ishlab chiqarish"ga oid umumiy qiymati 1.1 mln. AQSh dollariga teng investitsiya loyihasini amalga oshirilishi natijasida 30 nafar yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, yiliga qiymati 0.77 mln. AQSh dollariga teng 255 tonna tibbiyot va 150 tonna “Ekstra” texnik spirtlarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 35 foizi qo‘shni respublikalarga eksport qilish rejalashtirilgan.