Prezidentimizning 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda. Jumladan, aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilik va aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.


Kuni kecha Byuroning Uychi tuman bo‘limi tomonidan bevosita aliment to‘lovchilari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida fuqaro mas’uliyatni his etdi.
Bo‘lim ish yurituvida Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor Ismoilov Ilhomdan undiruvchi Ismoilova Zumradxon foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Fuqaroga amaldagi tartib qoidalar tushuntirilganda u bir yo‘la voyaga yetgunga qadar summani to‘lab berishi bo‘yicha ariza yo‘lladi. Uni ariza qanoatlantirilib, hisob-kitob qilingda 21 mln. so‘mni tashkil etdi va to‘lab berdi.
Amalda ijro hujjati tamomlandi.

Nozimjon Idrisov,

MIB Uychi tuman bo‘limi boshlig‘i