Chop etish

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqovning haftaning har chorshanbasi tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlari ularni tashvishlantirayotgan muammolarga yechim topish, masalalarini ijobiy hal etishga qaratilmoqda.



O‘z navbatida, ishbilarmonlar ham bunday muloqotlar davomida ishlab chiqarishning yangi,  zamonaviy turlari,  doimiy ish o‘rinlarini o‘zida jamlagan yangi loyihalarni taqdim etmoqda.

Jumladan, bugungi uchrashuvda “Do‘stlik avtotexxizmat” MChJ rahbari Ahmadjon Ahmedov 12 milliard so‘mlik loyihani taqdim etdi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida yoshlar markazi, kutubxona,  sartaroshxona va dorixonani o‘z ichiga olgan yirik majmua barpo etiladi. 150 nafarga yaqin yoshlarning bandligi ta’minlanadi.

Tadbirkorning ushbu loyihasi viloyat rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ma’lumot uchun, bugun bo‘lib o‘tayotgan “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvida 50 nafarga yaqin ishbilarmon qatnashmoqda. Ularning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari viloyat rahbari tomonidan tinglanib, ijrosi yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilmoqda.