Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida  Shavkatjon Abdurazzaqov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.



Davlat rahbarining nomzod yuzasidan taklifi deputatlar  tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Shavkatjon Abdurazzaqov sessiyada so‘zga chiqib, bildirilgan ishonch uchun davlat rahbari va deputatlarga minnatdorlik bildirdi.

—Vatanimga uning aholisiga ota-onamga xizmat qilgandek xizmat qilaman, — dedi Shavkatjon Abdurazzaqov.