Namangan viloyat prokurori J.J.Xatamovning tashabbusi bilan viloyat "Kurash federatsiyasi", 26-sonli Mehribonlik uyi, Davlatobod tumanidagi  1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi bilan birgalikda 2021-yil 3-aprel kuni kurash sport turi bo‘yicha viloyat prokurori sovrini uchun o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida viloyat ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.



Musobaqalar o‘g‘il bolalar o‘rtasida  50, 55, 60 va qizlar o‘rtasida 44, 48, 52 kilogramm vazn toifasida o‘tkazildi.

Musobaqada Namangan shahri va barcha tumanlardan 120 nafarga yaqin sportchilar qatnashdi.

Shuningdek, Mehribonlik uyining 26-nafar tarbiyalanuvchisi ham musobaqada ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Namangan viloyati prokuraturasi