Namangan viloyat prokuraturasi va Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida 10 ga yaqin oilalarni yarashtirishga erishildi.



Xususan, To‘raqo‘rg‘on "Madaniyat markazi"da tashkil etilgan davra suhbatiga turli sabablar bilan ajrashib ketgan oilalar vakillari taklif etildi.

Tadbirda oila muqaddas dargohligi, uni asrab- avaylash, oilaviy nizolarni oldini olish, bu orqali ajrimlarni keskin kamaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

To‘raqo‘rg‘on tumanining Mozorko‘hna mahallasida istiqomat qiluvchi G‘aynazarov Qayumjon turmush o‘rtog‘i Mamatqulova Gulbahor bilan o‘tgan yili ajrab ketishadi.

Voyaga yetmagan 3 nafar farzand ona qaramog‘ida qoladi va fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining qarori bilan otadan har oyda aliment undirish belgilandi.

Bu orada ota farzandlari uchun aliment mablag‘ni to‘lab keladi.

Aynan tadbir mobaynida ushbu oila bilan  olib borilgan tushuntirish natija berib yarashishga ahd qilishdi.

Davra suhbati mobaynida Mingbuloq va Namangan tumanlaridan kelgan  ajrashgan oilalar ham yarashtirildi.

Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi tomonidan ham aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tuman prokuraturasi, mahalla faollari bilan hamkorlikda tizimli ish olib borilmoqda.

Har bir mahallalarda o‘tkazilayotgan o‘rganishlar davomida ajrab ketgan oilalarni yarashtirishga erishilmoqda.

Jumladan, tumanning Baliqchi va Ariqbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida turli sabab bilan ajrab ketgan ikkita oilaning muammolari sektor mas’ullari, faollar hamkorligida atroflicha o‘rganildi va joyida yarashtirishga muvaffaq bo‘lindi.

Namangan viloyat prokuraturasi,
MIB Namangan viloyat boshqarmasi