Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi tomonidan ish yurituvida bo‘lgan aliment bilan bog‘liq hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirishlar  kutilgan samara bermoqda. Jumladan, kuni kecha uychilik ota farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment mablag‘ni bir yo‘la to‘lab berdi.

 
Gap shundaki, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2014  yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Sharipov Qahramondan undiruvchi Fotima Sharipova foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limiga kelib tushgan va harakatlar olib borilgan. Kuni kecha tushuntirish ishlari natijasida qarzdor undiruvchi bilan aliment qarzdorlikni voyaga yetgunga qadar to‘lash to‘g‘risida ariza bilan murojaat etdi.  
Uning murojaati ko‘rib chiqildi. 18 yoshga qadar hisoblangan 35 mln. so‘m to‘lab berildi va qarzdorga nisbatan qo‘yilgan barcha cheklov bekor qilindi.  
Umuman, Byuroning Uychi tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning  
o‘tgan davrida 100 ga yaqin oila yarashtirildi. 6 nafar fuqaro farzandlarini voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment uchun salkam 200 mln. so‘m mablag‘ni to‘lab berdi. 

Musoxon Mo‘minov,
MIB Uychi tuman bo‘limi davlat ijrochisi