Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyodagi mobil internet narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi. Bir yil davomida mamlakatimiz ko‘rsatkichlarini 33 pog‘onaga yaxshilab oldi. Unga ko‘ra, yurtimizda 1 Gb mobil internet narxi o‘rtacha  – $0,6. ekanligi qayd etildi.



2020-yil fevral oyida ushbu https://www.cable.co.uk/ sayti  O‘zbekistonda 1 Gb mobil internet narxi 1,34 AQSh dollarini, ya’ni 14 050 so‘mni tashkil etgani, mobil internet narxi arzonligi bo‘yicha ro‘yxatda 54 o‘rinni egallaganini ko‘rsatgan edi.