Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil etilganligining 4 yilligi munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unga boshqarma tarkibiy tarmoq rahbarlari, shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari hamda bir guruh davlat ijrochilari, xodimlar taklif etildilar.
Tadbirni Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi Dilmurod Umaraliyev kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil etilganligining 4 yilligi munosabati kuni bilan samimiy tabrikladi..
Darhaqiqat, deyildi tadbir davomida mamlakatimizning yangi rivojlanish bosqichida jamiyatda adolat muhitini qaror toptirish, qonuniylikni mustahkamlash va inson huquq manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.Jumladan, Bosh prokuratura huzurida tashkil etilgan Majburiy ijro byurosi tomonidan ham ana shu ustuvor vazifalar amalga oshirib kelinmoqda. Birgina, Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tgan 4 yil davomida ko‘plab ijobiy yutuqlarga erishildi.Tadbir yakunida boshqarma, shahar va tumanlar ijro ishi yuritishda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlaridan bir guruhi rag‘batlantirildi.

 

MIB Namangan viloyat boshqarmasi