Majburiy ijro byurosi Davlatobod tuman bo‘limi tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, aliment mablag‘larni o‘z vaqtida undirib berishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘z o‘rnida farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlaganlarga sudlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilmoqda.


Fuqaro I.T. dan undiruvchi F. T. ning foydasiga 2 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va alimentni o‘z vaqtida to‘lab borishligi ogohlantirilgan. Biroq, bu mas’uliyatni unutgan otaning alimentdan qarzdorligi joriy yilning may holatiga 12.546.553 so‘mni tashkil etadi. Bu bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sudga yuborildi va unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qarori bilan M.N. dan D.M. foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undirish ko‘rsatib o‘tilgan. Biroq, ota ham aliment to‘lashni o‘rniga turli bahonalar bilan farzandi moddiy ta’minotini bajarmay keldi. Qarzdorlik salkam 13 mln. so‘mga yetadi. Sayyor sud davomida bu bo‘yicha to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqildi va qarzdor otaga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Ilhomjon Qodirov,
MIB Davlatobod tuman bo‘limi boshlig‘i