Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi ish yurituvidagi aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash davomida uychilik otadan xalqaro bolalarni himoya qilish kunida 2 nafar farzandi uchun 30 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi.


Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2016 yildagi buyrug‘iga ko‘ra Sohibjon Soliyevdan undiruvchi Gulmira Soliyeva foydasiga 2 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va taraflarga yuborilgan. O‘z o‘rnida otaga davlat ijrochisi tomonidan farzandlari moddiy ta’minotini o‘z vaqtida to‘lab borishligi tushuntirib o‘tilgan. Biroq, ota ayrim sabablari bilan alimentni o‘z vaqtida to‘lamaydi. Natijada qarzdorlik 30 mln. so‘mga borib yetadi.
Kuni kecha qarzdor ota bilan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng u 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida mazkur qarzdorlikni bartaraf etib, farzandlariga quvonch ulashdi.

Zuxriddin Atamirzayev,
MIB Uychi tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari