Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan yuborilgan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xususan, bugungi kunda bo‘lim ish yurituviga olingan aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash davomida targ‘ibot va tushuntirishlardan so‘ng otalar o‘z farzandlari uchun mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab borishlari ta’minlanmoqda. Fuqaro A.Samsaqov turmush o‘rtog‘i Sh.Raximova bilan oilaviy kelishmovchilik sabab ajrab ketishgan. 3 nafar farzand ona qaramog‘ida qoladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining buyrug‘iga ko‘ra farzandlar uchun aliment undirish belgilanadi. Fuqaro A.Samsaqov bilan alimentni o‘z vaqtida to‘lashligi yoki voyaga yetgunga qadar bir yo‘la to‘lab berishi mumkinligi tushuntiriladi. Kuni kecha Byuroning tuman bo‘limiga u 3 nafar farzandi uchun 18 yoshga qadar bo‘lgan davrga hisob-kitob qilib berishlarini so‘rab murojaat etdi. Davlat ijrochisi tomonidan hisoblanganda qarzdorlik 220 mln. so‘mni tashkil etdi. Mas’uliyatini his etgan ota farzandlari uchun aliment mablag‘ o‘rniga hovli tuhfa etdi.

Iqboljon Hayitqulov, MIB Pop tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari