Namangan shahar maktabgacha ta’lim muassasasiga qarashli  30-bolalar bog‘chasida 450 nafar jajji o‘g‘il-qizlar tarbiyalanadi.


Ayni kunlarda bog‘chadagi tayyorlov guruhlarida “Xayr, bog‘cha – salom, maktab!” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, “Qaldirg‘och” guruhida 25 nafar bolajonlar uchun tashkil etilgan tadbir o‘zgacha shukuh bilan o‘tdi. Tadbir davomida  tarbiyalanuvchilar tomonidan ona-Vatan, baxtli bolalikni madh etuvchi she’rlari, kuy-qo‘shiqlar, raqslar ota-onalarga zavq-shavq bag‘ishladi.
– Shahrimiz markazida joylashgan bog‘chamizni joriy yilda tayyorlov guruhlarida tarbiyalangan 150 nafar  bolajonlarimiz maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi, deydi bog‘cha mudirasi, Manzura Sobirova. Ularning savodxonligini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Turli yo‘nalishlarda to‘garaklar tashkil etilib, ularning maktabga tayyorlash ishlari olib borildi. Bu albatta bog‘chada olgan ta’lim va tarbiya uyg‘unligi asosida maktablarda ilk saboqlarni puxta o‘zlashtirishlariga muhim zamin yaratadi.

Saida Rapiqova,
30-mtm tarbiyachisi