Majburiy ijro byurosi Davlatobod tuman bo‘limi tomonidan aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bevosita mahalla fuqarolar yig‘inlarida faollar ishtirokida tegishli choralar ko‘rib kelinmoqda. Aliment to‘lovchilar va undiruvchilar bilan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari mobaynida farzandi moddiy ta’minotini o‘z vaqtida to‘lab borilishi, agar qasddan 2 oydan ortiq mobaynida to‘lamasa amaldagi qonunchilikka ko‘ra ma’muriy yoki jinoiy jazo muqarrarligi tushuntirib borilmoqda. Ana shunday tushuntirishlardan so‘ng kuni kecha undiruvchi foydasiga 30 mln. so‘m qarzdorlik targ‘ibot tadbiridan so‘ng undirib berildi.


Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra I.Valiyevdan undiruvchi G.Atamirzayeva foydasiga farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Davlatobod tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va harakatlari olib borilgan. Biroq, ayrim sabablar bilan ota farzandi uchun aliment to‘lamay keladi. Natijada qarzdorlik joriy yilning 1-iyun holatiga 30 mln. so‘mni tashkil etadi. Bevosita davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib ota qarzdorlikni bartaraf etdi.

Xurshid Boymirzayev,
MIB Davlatobod tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari