Chop etish

Uychi tumanidagi Guliston mahallasida tuyaqushchilikka ixtisoslashgan butun boshli ferma vujudga keldi.


- 7 bosh naslli tuyaqush  qildik.Tuyaqushlarning mahalliy sharoitga moslashishi qiyin kechmadi. Dastlab 15  ta jo‘ja chiqardik.Tuyaqushlar to‘liq tuxumga kirgach, o‘tgan yilda inkubatsiyadan 40 ta jo‘ja oldik. To‘g‘ri, bu ikki hissa ko‘p ham bo‘lishi mumkin edi. Ammo o‘tgan yili karantin pand berdi.   Har bosh tuyaqushdan yiliga o‘rtacha 80 – 100 ta tuxum olamiz, - deydi tadbirkor «Elma straus» korxonasiga asoschisi Marg‘uba O‘rinova.

Bu jonivorning turgan – bitgani foyda. Deylik, 50 santimetrli pati dekorativ bezak uchun ishlatiladi.Terisi timsoh terisi kabi sifatli, tashqi ta’sirlarga chidamli. Undan poyabzal, sumka va boshqa jihozlar tayyorlanadi. Tanasidagi moyi og‘riq qoldirish xususiyatiga ega. U kosmetikada ham keng ishlatiladi. Go‘shti vitaminga boy, parhezbop. Immunitetni mustahkamlaydi.

 

Media Departament