Chop etish

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida joriy yil 1-yanvardan boshlab Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarma boshliqlari va tuman-shahar bo‘limi boshliqlari o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga har yarim yilda hisobot taqdim etib borishi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi. Ana shu vazifalardan kelib chiqqan holda Byuroning Uychi tuman bo‘limi tomonidan o‘tgan 5 oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdik.


Jumladan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yilning o‘tgan 5 oyida 16,5 mlrd. so‘m davlat foydasiga  undiruvlar amalga oshirildi. Aynan farmonda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  2020 yil 1 dekabrdan joriy etilgan tartibga ko‘ra davlatga undirilgan mablag‘lar hisobidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi belgilangan edi. Mazkur toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar ustidan nazorat o‘rnatilib, bu bo‘yicha belgilangan reja bajarish uchun bo‘lim tomonidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada, yanvar-may oylarida jami 1 mlrd. 134,6 mln. so‘m undirilib, daftarlarga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
Bundan tashqari soliq undiruvlari bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan olib borilgan tadbirlar natijasida ish yurituvdagi jami 24,4 mlrd. so‘mlik 1709 ta hujjatlardan 15,7 mlrd. so‘mlik 852 tasining ijrosi tamomlandi. Jinoiy jarimalarni undirish bilan bog‘liq 14 ta 219,8 mln. so‘mlik ijro hujjatlaridan 9 ta 186,0 mln. so‘mligi tamomlandi.
 Yana bir muhim yo‘nalish: aliment undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ish yurituvdagi jami 1889 ta ijro hujjatlaridan 166 tasi tamomladi. Tamomlangan ijro hujjatlaridan 127 ta aliment ijro hujjatlari bo‘yicha taraflar o‘zaro yarashtirilib, oilalarni qayta tiklashga erishildi.

Nozimjon Idrisov,
MIB Uychi tuman bo‘limi boshlig‘i