Chop etish

13-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Obod” MFY hududidan o‘tuvchi “Kosonsoy” soyidan oqib kelgan.


Voqea joyiga viloyat hokimi,  FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.  

Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Holatni ko‘zdan kechirish, aholiga dalda bo‘lish maqsadida viloyat hokimi Shavkatjon Aburazzaqov ham “Obod” mahallasida bo‘ldi.

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi