Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qaroriga asosan hamda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son qaroriga asosan viloyatda davlat-xususiy sheriklikni xalq taʼlimi sohasiga tatbiq etish bo‘yicha 2019-yilda Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan 32-sonli umum taʼlim maktabi negizida davlat-xususiy sheriklik asosida 200 o‘rinli, loyiha qiymati 1 500,0 mln.so‘m “Erkin qurilish dizayn” MCHJ bilan hamda Norin tumanida joylashgan 39-sonli umum taʼlim maktabi negizida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli, loyiha qiymati 5 051,0 mln. so‘mlik “Yulduzlar maydonchasi” NTM bilan uch tomonlama bitimlar imzolangan.

2021-yilda Chust tumanida joylashgan 71-sonli umum taʼlim maktabi negizida davlat-xususiy sheriklik asosida 200 o‘rinli, loyiha qiymati 4 630,1 mln. so‘m “MIRZO MENTAL PROVER” NTM bilan uch tomonlama bitim imzolandi hamda qurilish-ta'mirlash ishlari 2021-yil 4-choragidan boshlanishi rejalashtirilgan

 

Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi