Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng qarzdor ota uch nafar farzandlariga hisoblangan 6 yillik aliment puli o‘rniga uy-joyni notarial idora orqali rasmiylashtirib berdi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining 2019-yil 19-fevraldagi qaroriga ko‘ra qarzdor J.Noryigitovdan undiruvchi N.Toshtemirova foydasiga 3 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur hujjat Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va ijro harakatlari olib borilgan.  
Kuni kecha davlat ijrochisi tomonidan o‘tkazilgan tushuntirishlardan so‘ng farzandlari uchun oldindan 6 yillik aliment qarzdorligini hisoblash bo‘yicha murojaat qildi. Murojaat qanoatlantirilib, 6 yillik hisoblangan qarzdorlik 80.000.000 tashkil etdi. Qarzdor ota farzandlari uchun hisoblangan summa evaziga uy-joyni rasmiylashtirib berdi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi