Voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, sud qarori bilan belgilangan aliment mablag‘larini o‘z vaqtida undirib berilishi borasida Byuro organlari tomonidan tizimli choralar ko‘rib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda aliment mablag‘lari to‘lashdan bo‘yin tovlayotganlarga nisbatan tegishli jazolar tayinlanmoqda.


M. S turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib ketgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2018-yil 5-yanvardagi qarori bilan bir nafar farzandiga aliment to‘lanishi belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Chortoq tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va qaror qabul qilinib har oyda aliment mablag‘larini to‘lab borilishi qarzdor ota tushuntirilgan. Biroq, mas’uliyatini unutgan qarzdor ota bir necha bor ogohlantirishga qaramay o‘z farzandi uchun aliment mablag‘ini to‘lamay keldi va qarzdorlik 16 mln. so‘mdan ortib ketadi. O‘tkazilgan sayyor sud qarori bilan unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Yoki bo‘lmasa Q. Q ham aliment mablag‘larini to‘lamay kelayotgan otalardan bo‘lib chiqdi. O‘z farzandlari moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab kelgan qarzdor otaning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi salkam 11,5 mln. so‘mni tashkil etadi. Bu bo‘yicha to‘plangan ijro hujjatlari ham sayyor sudda atroflicha ko‘rilib, unga nisbatan ham 15 sutka ma’muriy qamoq belgilandi.
O‘tkazilgan sayyor sud davomida shuningdek yana 3 nafar qarzdor otalar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar  ko‘rilib, ularga ham 15 sutka ma’muriy qamoq chorasi qo‘llanildi.    

Qobiljon Yo‘ldoshev,
MIB Chortoq tuman bo‘limi davlat ijrochisi