Chop etish

Majburiy ijro byurosi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida joriy yilning o‘tgan 5 oyida 335 ta oilani yarashtirishga erishildi. Bu haqda xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdagi sessiyasida Byuroning tuman bo‘limi boshlig‘i A.Xolmatov ma’lum qildi.

Ma’lumki, Prezidentimizning 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida faoliyat to‘g‘risida hisobot taqdim etib borilishi belgilangan edi.  
Aynan shundan kelib chiqqan holda Majburiy ijro byurosi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan 2021-yilning o‘tgan 5 oyi davomida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlarga hisobot taqdim etildi.
Jumladan, 5 oy davomida jami 952,1 mln. so‘m undirilib, “Temir daftar”,“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga teng ravishda yo‘naltirildi.
Bundan tashqari olib borilgan chora-tadbirlari natijasida 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida davlat ijrochilari tomonidan 45,4 mlrd. so‘mlik 4.877 ta, shuningdek, jinoiy jarimalarni undirish bilan bog‘liq 6 ta 65 mln. so‘mlik ijro hujjatlari amalda tamomlandi. Aliment undirish bilan bog‘liq jami 2.392 ta ijro hujjatlaridan 416 tasi tamomlanib, qoldiqda 1.971 ta ushbu toifadagi ijro hujjatlari qoldi.
Tamomlangan ijro hujjatlaridan 335 ta aliment ijro hujjatlari bo‘yicha taraflar o‘zaro yarashtirilib, oilalarni qayta tiklashga erishildi.
O‘tgan 5 oy davomida jami 48 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan to‘plangan hujjatlar tuman jinoyat sudiga yuborilib, 2 oydan ortiq muddatda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan qarzdorlarga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atildi.

MIB Namangan viloyati boshqarmasi