Chop etish

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar  va tumanlar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyida jami 1 trln. 82,3 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi. Bu   ko‘rsatkich   o‘tgan   yilning  shu davriga   nisbatan   690,9   mlrd. so‘m yoki 176,5 foizga oshganligi ko‘rsatmoqda .Bu haqda Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan onlayn brifingda ma’lum qilindi.


Shuningdek, davlat foydasiga  ham  184,9   mlrd. so‘m mablag‘lar undirildi.
Masalan, “OOO REAL BEST IMPEKS” jamiyatidan viloyat davlat soliq boshqarmasi foydasiga 3 mlrd. so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.  Mazkur ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, davlat ijrochilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonuning 23 va 86-moddalariga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilindi. Shundan so‘ng qaror nusxasi taraflarga yuborilib, korxonaga ijro hujjati talabini bajarish uchun muddat berilgan. Asosiysi, ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan 3 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirib berildi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi