Chop etish

Joriy yilning o‘tgan 6 oy davomida mavjud muammolarga o‘zgacha yondashib, aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan targ‘ibot va tushuntirishlar natijasida 780 dan ortiq ajrashgan oilalarni yarashtirishga erishildi. Bu haqda Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan onlayn brifingda ma’lum qilindi.



Hozirgi kungi 85 mingdan ortiq ijro hujjatlarining aynan 26 mingga yaqini aliment masalasiga oid ishlardir. Yoki sodda qilib aytganda hal etilgan 7 mingdan ortiq murojaatlarning 5 mingga yaqini, ya’ni 70,4 foizi alimentga oid masalalarga to‘g‘ri kelmoqda.
Ishsiz aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlash borasida olib  borilgan  tadbirlar va mehnat yarmarkalari natijasida 974 nafar   aliment  to‘lovchilar   ishga   joylashtirildi.
Joriy yilning 1-mart kunidan boshlab aliment majburiyatlari bajarilishini masofaviy monitoring qilish bo‘yicha tizim yaratildi. Yangi tartibga ko‘ra, har bir aliment puli oluvchi fuqarolar nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtirish ishlari boshlandi va aliment pullari, qarzdorning ish haqidan undiruvchi nomiga ochilgan yangi plastik kartochkalarga orqali elektron tarzda yuborilmoqda. Hozirda, viloyatimizdagi aliment oluvchi fuqarolarga bepul va beg‘araz ravishda “Aloqabank” tomonidan 19 mingdan ortiq plastik kartochkalar ochilib, fuqarolarga tarqatilmoqda.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi