Joriy yilning 10-iyul kuni Namangan viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Ilxomjon Sattarov va O‘zbekiston quyonchilik xo‘jaliklari assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Abdurazzoq Ibragimovlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.


Unga ko‘ra, Chust innovatsion hududida Xikol va Xiplyus quyon zotlarini innovatsion texnologiyalar asosida hududiy iqlim sharoitiga genetik moslashtirish va aholining kam ta’minlangan qatlamida “Xonadonbay” usulda ko‘paytirish, uning zamonaviy seleksiyasini yaratish loyihasini tijoratlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishida 1,38 mlrd. so‘m miqdorida moliyalashtirildi.

Loyiha davomida Chust tumanida istiqomat qiluvchi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan oilalardan 50 ta xonadonlarning har biriga 40 tadan zotli quyonlar tarqatilib, aholini bandligi ta’minlanadi hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.