Pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo‘natmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan muhim soha hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarliklarida 2020-yil 5-oktabr kuni “Milliy pochta tizimini isloh qilish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarini tumanda ijrosini ta’minlash maqsadida pochta binosi foydalanishga topshirildi.


“Iskavot” pochta aloqa bo‘limi o‘rnida davlat xususiy sherikchilik asosida zamonaviy aloqa bo‘limi va internet shahobchasi tashkil etish maqsadida Murodullayev Husniddin Murodullayevichga tuman hokimining 2020-yil 12-oktabrdagi 964-sonli qarori bilan ajratib berilgan. Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan bugungi kunga qadar 600 mln. so‘m mablag‘ sarflanib savdo do‘koni va pochta xizmati binosi qurib bitkazib, foydalanishga topshirildi.

Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi