Chop etish


2021 yil 4 sentabr kuni  YouTube ijtimoiy tarmog‘ida To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Qodirova tomonidan videomurojaat joylashtirilgan. Murojaatda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroridan norozi bo‘layotgani, maishiy xizmat shoxobchasidan majburiy tartibda ko‘chirilayotgani bayon etilgan. Mazkur holat Byuroning viloyat boshqarmasi va Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘rganildi.


Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2020 yil 9 dekabrdagi hal qiluv qarori va ijro varaqasiga asosan da’vogar “Ishonch xizmat servis” jamiyatining javobgarlar Qodirova Qoriyaxon, Raimov Baxtiyor va Raimov Bahrom Mingbuloq tumani Jomashuy shaharchasi, Oybek mahalla fuqarolar yig‘inida Ozodlik ko‘chasida joylashgan maishiy xizmat uyidan majburiy tartibda ko‘chirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Mingbuloq tuman bo‘lim ijro ishi yurituviga 2021 yil 6 yanvar kuni kelib tushgan hamda qaror qabul qilinib, nusxasi ijro qilishlik uchun taraflarga yuborilgan.

Biroq, dastlab fuqarolar ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 06.01.2021 yildagi ajrimiga asosan ijro harakatlari bo‘yicha javobgar Q.Qodirovaning apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqilgunga qadar vaqtincha to‘xtatib turilishi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 34-36, 86-moddalariga asosan majburiy ijro harakatlari to‘xtatilgan.

Shundan so‘ng fuqarolar ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 16.02.2021 yildagi 3-46/2021-sonli ajrimiga asosan o‘zgarishsiz qoldirilganligi sababli qaror ijrosini davom ettirish belgilangan. 2021 yilda 2 mart kuni bo‘limga yuborilgan ajrimga asosan majburiy ijro harakatlari qayta boshlangan va javobgarlarga sud qarorini ixtiyoriy ravishda bajarilishi to‘g‘risida yozma ravishda rasman ogohlantirish xatlari berilgan. Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudning 2021 yil 16 martdagi ajrimiga asosan 09.12.2020 yildagi 4959-sonli hal qiluv qarori ijrosi yana to‘xtatilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 27 iyuldagi qaroriga asosan Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori va Namangan viloyat iqtisodiy sudi kassatsiya instansiyasining qarori o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. Shunga asosan majburiy ijro harakatlari 2021 yilning 11 avgust kuni soat 14-00 ga majburiy ijro tayinlangan. Biroq, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 2021 yil 11 avgust kuni olib borilayotgan majburiy ijro harakatlari davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qarori bo‘yicha ijro harakatlari to‘xtatib turilishi to‘g‘risidagi ajrim taqdim etilganligi sababli to‘xtatilgan. Umuman olganda bo‘lim tomonidan ijroni ta’minlash maqsadida 3 marotaba majburiy ijro tayinlangan. Bundan tashqari sudning qarori bilan jami 5 marotaba ijro vaqtincha to‘xtatilgan.
  

Namangan tumanlararo sudining 2021 yil 16 avgustdagi aloqa xatiga asosan ijro hujjatini davom ettirish belgilangan. Mazkur aloqa xati bo‘limga 2021 yil 18 avgust kuni kelib tushgan. Shunga asosan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirilishi yuzasidan javobgarlar ogohlantirigan.
                         

MIB Namangan viloyat boshqarmasi