Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov xorijiy tillarni o‘zlashtirgan viloyatimiz yoshlari bilan uchrashdi hamda chet ellarda ta’lim olayotgan yoshlarimiz bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.



Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida barcha darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda viloyatimizda iste’dodli va xorijiy tillarni mukammal bildirgan iqtidorli yoshlari yig‘ilgan desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Mazkur uchrashuvda xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirib, tengdoshlariga namuna bo‘layotgan yoshlardan xalqaro ingliz tilidan kamida B1 darajaga ega iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, taklif va tashabbuslarini o‘rganish maqsadida 16-25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar uchun “Ibrat tillar oromgohi” loyihasida 69 nafar yoshlari faol ishtirokchisiga aylanishdi.
Shuningdek, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan, xalqaro imtihon tizimlaridan yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlarini Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘lab berish tizimi joriy etilgan.
Namangan viloyatidan Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori 7 balldan yuqori (daraja) to‘plagan 94 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari uchun 173 mln. so‘m to‘lab berildi.

Bundan tashqari viloyatimizning eng chekka hududlarida yoshlarni xorijiy tillarni o‘zlashtirishi va ularni ingliz tiliga o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan 5 ta “O‘QUV MARKAZ”lari uchun 50 mln so‘mdan 250 mln.so‘m foizsiz sudalar ajratish rejalashtirildi va onlayn tanlovlar tashkil etilmoqda.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati