Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik sho‘'basi tomonidan tasdiqlangan dastur va ko‘rsatmalar, nazorat rejasini ijrosini ta'minlash maqsadida xodimlar o‘rtasida transport vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish, xizmat mavqeini suiiste'mol qilish, poraxo‘rlik va boshqa nojo‘ya xatti-harakatlarni oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda profilaktika tadbirlari yo‘lga qo‘yilmoqda.


Jumladan, sentyabr' oyining 20 kunligi davomida boshqarma, shahar va tumanlar bo‘limlarida tashkil etilgan profilaktik tadbirlarda shaxsiy xavfsizlik sho‘'basi mas'ul xodimlari tomonidan ishtirokchilarga transport vositalarini boshqarishda yo‘l qoidalariga qat'iy rioya qilish, tegishli ruxsat etuvchi hujjatlar asosida boshqarish, xizmat mavqeini suiiste'mol qilmaslik, ahloq-odob normalariga zid ravishda nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etmaslik, vakolatga kirmaydigan noqonuniy ishlarga aralashmaslik, asosiysi Byuro xodimi degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi biron-bir noqonuniy hatti-harakatlarni sodir etmaslik tushuntirib o‘tildi.
O‘tkazilgan har bir bo‘limlardagi uchrashuv-muloqotlarda korrupsiyani oldini olish va yo‘l harakati qoidalariga amal qilish sohasiga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.
Bundan tashqari, viloyat yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan sodir bo‘lgan ayanchli hodisalar oqibatlari haqida hikoya qiluvchi ta'sirli videorolik ishtirokchilarga namoyish etildi.
Bunday tadbirlar joylarda davom ettirilmoqda.

 

Damir Mahmudov,

Majburiy ijro byurosi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i