Namangan viloyati hokimligida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rosenblumni qabul qildi.



Viloyat hokimining qayd etishicha, elchining Namanganga tashrifi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi davrida doirasida ko‘ptomonlama munosabatlar va muloqotning rivojlanishi isbotidir.

AQSh elchisi, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirar ekan, O‘zbekistonda, ayniqsa Namanganda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji yo‘lida, investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar e’tirofga loyiq ekanini qayd etdi.

Tomonlar iqtisodiyot, investitsiya, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati