Chop etish

Mehmon tashrifini universitet tashkiliy tuzilmasi, fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumot bilan tanishib, Biotexnologiya fakultetida dars jarayoni bilan tanishib talabalar bilan muloqot qildi.

AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rosenblum Namangan davlat universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari bilan dars mashg‘ulotida bo‘ldi.

Mehmon "Language aspect" fanidan dars mashg‘ulotida talabalar bilan suhbat qurdi. Suhbatda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib javoblar olishdi.

Mehmon Daniel Rosenblum universitetdagi zamonaviy axborot-resurs markazi va IT-Park bilan yaqindan tanishdi.

Ayni paytda axborot-resurs markazida "Access" dasturi bo‘yicha munozaralari suhbat o‘tkazilmoqda. Suhbat davomida elchi 2022-yil yoz oyida "Access" talabalari uchun yozgi lager bo‘lishi haqida ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun kuni kecha "Access" dasturi bo‘yicha Namangan viloyati Norin tumanida yana bir filiali tashkil etildi. Filialda Namangan davlat universiteti o‘qituvchilari M. Alimova va N. Jamoliddinovlar o‘qituvchi etib tayinlandilar.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati