Chop etish

Mazkur loyiha uchun Davlatobod tumanining Yuksalish hamda To‘raqo‘rg‘on tumanining Yettikon mahallalari hududidan 1 ming 371 gektar yer ajratilgan. U yerda 410 ta ko‘p qavatli uy, 7 ta maktab, 4 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, ko‘plab infratuzilma inshootlari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Natijada 2026 yilga borib Namangan bir million aholi istiqomat qiladigan yirik shaharga aylanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati